Salomatlik Salomatlik Tunda uxlay olmaydiganlar uchun tavsiyalar

Tunda uxlay olmaydiganlar uchun tavsiyalar

O'qildi: 376


Tunda uxlay olmaydiganlar uchun tavsiyalar

Agar kechqurun uxlab qolish va ertalab uyg‘onish qiyin bo‘lsa, uyqu tabletkalari uchun dorixonaga yugurishga shoshmaslik zarur. Chunki uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradigan boshqa choralar ham mavjud.

Foto: Pinterest

Ritmga moslashish

Tez uxlashni qanday o‘rganish kerak?Bolalikda onalar farzandlarini vaqtida uxlashga majburlagan. Kattalar uchun intizomli bo‘lish qiyinroq, shuning uchun har kim o‘zini rag‘batlantirishga harakat qilishi kerak. Misol uchun, agar har hafta bir vaqtning o‘zida uxlab, uyg‘onishga erishilsa, inson o‘zini yaxshi xarid, kino yoki sayohat bilan mukofotlashi mumkin.

Iste’mol qilinayotgan mahsulotlar nazorati

Kechki ovqat yengil bo‘lishi va uglevodlarni o‘z ichiga olishi kerak. Bu uyquchanlikni keltirib chiqaradigan serotonin gormonini ishlab chiqarishga yordam beradi. Triptofan aminokislotalariga boy oziq-ovqat(baliq, go‘sht, tuxum, yashil sabzavotlar)ham foydalidir. Kechasi qahva va shokolad ichishdan saqlanish kerak. Qonda shakar darajasini saqlab qolish uchun soat 20:00 dan keyin ovqatlanmaslikka harakat qilish tavsiya etiladi.

Uyqu uchun tayyorgarlik

Uxlashdan avval so‘nggi daqiqalarni kompyuter ekrani oldida yoki smartfonga tikilib o‘tkazmaslik zarur. Miya ularning nurlanishini kunduzgi yorug‘lik sifatida qabul qiladi va organizmga uyquni tartibga solish uchun mas’ul bo‘lgan melatonin gormonini ishlab chiqarishni boshlashni buyurmaydi.

Yotoqxona sokin va qorong‘i bo‘lishi

Agar yorug‘lik pardalar orqali kirsa, qanday qilib tezda uxlab qolish kerak?Shaffof matoni boshqalariga almashtiring. Muammoni tubdan hal qilish kerak – yorug‘likdan himoyalaydigan pardalar sotib olish kerak. Ammo ko‘cha shovqini bilan kurashish qiyinroq. Shuningdek, ikkita variant bor – yoki derazalarni o‘zgartirish yoki quloqchinlarda uxlashga odatlanish.

Matrasning qattiqligi

Matrasning qattiqligi ham badanga o‘z ta’sirini o‘tkazadi va tezroq ulashga yordam beradi. Buni sinab ko‘rish foyda beradi.

Qulay yostiq

Yostiqni ikki tomondan kaftlar bilan siqib olish va qo‘llar bilan oldinga cho‘zish zarur. Yostiqning qirrasi vertikal ravishda chiqib ketishi kerak. Agar u yarmiga egilib qolsa, unda siz boshqa, qattiqroq sotib olish tavsiya etiladi. Yostiqlarni har ikki yilda bir marta almashtirish kerakligini unutmang.

Pijamangizda uxlash

Oyoq va qo‘llaringiz issiq bo‘lsa, qon tomirlari kengayadi va uxlab qolish osonroq kechadi. Agar shunda ham sovuq bo‘lsa, qo‘shimcha adyol tayyorlash kerak.

Uyquga yotishdan avval dush qabul qilish

Ko‘pchilik lavanda yog‘i yoki xushbo‘y shamlarni eng yaxshi uyqu tabletkalari deb biladi, ammo fan ularning tinchlantiruvchi ta’sirini hech qachon tasdiqlamagan. Ammo uyquga yotishdan avval dush qabul qilish jarayonni ancha tezlashtiradi.

Uxlay olmaslikdan tashvishlanmang

Agar uxlay olmasangiz, tashvishlanishni to‘xtatishga harakat qiling. Yarim tunni tashvishlanib yotishdan ko‘ra, uxlay olmaslikni qabul qilgan ma’qul. Agar uyqu 20 daqiqadan ko‘proq vaqt davomida kelmasa, turib qisqa hikoya o‘qish zarur. Shuningdek, bir stakan iliq sut ichish ham mumkin. U organizmga “uyqu gormonlari” serotonin va melatonin ishlab chiqarishga yordam beradigan triptofanga boy.

Mavzuga doir:

  • 7-8 soatdan kam uxlash chindan ham vazn ortishiga olib keladimi?
  • Xurrak otishning sababi nima va undan qanday qutulish mumkin?
  • Uyqu sifatini yaxshilashga yordam beradigan usullar 
  • Pishloq, shirinlik va kechasi iste’mol qilinganida uyqu sifatiga ta’sir ko‘rsatadigan boshqa mahsulotlar


Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.