Sport, to‘g‘ri ovqatlanish hamda o‘z ustida ishlash: 76 yoshli xonanda Sher go‘zal va yosh ko‘rinish sirlari bilan bo‘lishdi
Dunyoga mashhur romantik balladalar ijrochisi qo‘shiqchi Sher, yoshi katta bo‘lishiga qaramay, faollik va mashhurlik cho‘qqisida. 76 yoshda xonanda o‘zining brendi ostida yangi atirlar kolleksiyasini chiqardi. Sher uchun necha yoshga kirishning ahamiyati yo‘q, muhimi harakatdan to‘xtamaslikdir, deb yozadi AdMe.
Foto: Pinterest2022-yil sentabr oyida Parijda bo‘lib o‘tgan moda uylarining so‘nggi ko‘rgazmasida(Paris Fashion week 2022)Sher kutilmaganda Balmain brendi libosida paydo bo‘ldi. Xonanda Balmain direktori Olivye Rusten bilan podiumda ko‘rinish berdi va professional modellarni ortda qoldirdi.
Foto: PinterestBarchaning hayratiga Sherning kostyumi sabab bo‘ldi — haykalsimon yelkalar va rok-n-roll uslubidagi hashamatli kombinezon. Teridan tikilgan etiklar va yorqin kumush rang libosdan yaratilgan obraz barchaning e’tiborini o‘ziga qaratishga majbur qildi. Sherning o‘zi shoudan keyin sahnada ajoyib vaqt o‘tkazganini va shouning o‘zi esa eng yaxshi moda namoyishi bo‘lganini aytib o‘tdi.
Foto: PinterestAlbatta, genetika va qimmatbaho plastik jarrohlik Sherning tashqi ko‘rinishida katta rol o‘ynaydi, ammo yulduzning arsenalida bilib qo‘yish kerak bo‘lgan amaliy usullar ham mavjud.
Zararli odatlardan voz kechish. Sher boshqa ko‘plab mashhurlar(masalan, Jennifer Lopes)singari barcha vasvasalardan o‘zini qat’iy tiyadi. Sherning ta’kidlashicha, har qanday yomon odatlar terining rangi, tuzilishi va elastikligiga salbiy ta’sir qiladi va, albatta, ajinlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Yillar davomida esa bu ta’sir faqat jiddiylashadi.
Foto: PinterestTo‘g‘ri ovqatlanish. Mashhur qo‘shiqchi butun faoliyati davomida parhezga rioya qiladi. Aynan bu unga nozik qomatni(76 yoshida 170 sm balandlikda 61 kilogramm)saqlashga imkon beradi, shuningdek, organizmni ortiqcha yog‘ va uglevodlardan xalos qiladi. Qolaversa, Sher umuman go‘sht iste’mol qilmaydi, pishloq va sutni qat’iy cheklagan, lekin ba’zida u o‘ziga desert va shirinliklar, ayniqsa, shokoladga ruxsat beradi.
Foto: PinterestSport esa hayot tarzining bir qismiga aylangan. Xonanda 80 yoshga yaqinlashib qolgan bo‘lsa ham haftasiga 5 marta kardio mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishda davom etmoqda. Sherning aytishicha, uning murabbiyi fitnes haqida gap ketganda, uning yoshiga ahamiyat bermaydi. Sport zalidagi bunday intizom unga konsert gastrollari, suratga olish va moda sayohatlariga mukammal darajada bardosh berishga imkon beradi.
O‘z ustida ishlash va doimiy rivojlanish. Sher o‘zining tug‘ma mehnatkashligini so‘nmas go‘zalligining asosiy omili deb biladi. Uning ta’kidlashicha, doimiy faoliyat uning hayotini ma’no bilan to‘ldiradi, depressiyaga qarshi kurashish va muloqot qilish zavqlanishga yordam beradi. Bu stressning salomatlik va tashqi ko‘rinishga salbiy ta’sirini sezilarli darajada kamaytiradi.
Foto: PinterestBiroq shuni ta’kidlash kerakki, mashhur xonanda ko‘plab go‘zallik muolajalarini, masalan, sochlarni bo‘yashni e’tiborsiz qoldirmaydi. U hech qachon kulrang sochlar bilan omma oldida ko‘rinmagan va o‘zi ham sochlarining oqarishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Ko‘rib turganingizdek, murakkab texnologiyalar yo‘q, ushbu retseptdan xonandalar ham, oddiy odamlar ham hayotida foydalanishi mumkin.
Manba