O‘rindiqni oson sozlash, quvvatlovchi kabelni qulay saqlash: avtomobil uchun 5 ta eng yaxshi layfxak
Ushbu oddiy foydali maslahatlar avtomobilingizning ishlash muddatini uzaytirishga yordam beradi va haydashni yanada qulay qiladi.
Mashina chiroqlarini yarqiratish
Avtomobil faralaridagi oynalar sarg‘aygan va rangi o‘chgan bo‘lsa, uni tish pastasi bilan sayqallashga harakat qiling. Dastavval, faralarni chirk va changdan tozalang. Keyin oynalarga ko‘p miqdorda tish pastasidan surtib chiqing va butun yuzalar bo‘ylab teng ravishda ishqalang. Keyin oynani toza mato bilan artib oling.
Salondagi tirnalishdan qolgan nuqtalarni bartaraf etish
Agar mashina salonida yumshoq qismining biror joyi yedirilib yoki tirnalishdan so‘ng qolgan nuqtalar bo‘lsa ularni o‘sha joyida qotirish kerak. Aks holda tabiiy sharoitlar taʼsirida ular hajmi kattalashishi mumkin. Buning oldini olish uchun nuqtalarga rangsiz tirnoqlar uchun mo‘ljallangan lak surting.
O‘rindiqni sozlash
Agar mashina bir vaqtning o‘zida bir nechta oila aʼzolari tomonidan foydalanilsa, siz ko‘pincha o‘tirish holatini bo‘yingizga mos ravishda sozlashingiz kerak bo‘ladi. O‘zingizga osonroq bo‘lishi uchun yopishqoq rangli tasmadan bir bo‘lakni eshik ostidagi joyga ikkinchisini esa o‘rindiqqa yopishtiring. Avtomobilga o‘tirganingizda ular bir-biriga mos kelguncha o‘rindiqni surasiz va endi soniyalar ichida kerakli pozitsiyani topa olasiz.
Smartfon qo‘yish uchun moslama
Smartfon uchun qulay o‘rnatish moslamasini osongina qo‘lda tayyorlash mumkin. Buning uchun sizga qog‘oz qisqich, ombur, rangli yopishqoq tasma va soch bog‘laydigan rezina kerak bo‘ladi. Katta qisqichni oling va metall biriktirgichlarni ombir yordamida 45 gradus daraja burchak ostida buking. Qirralarni yopishqoq tasma bilan o‘rang. Tasma bilan o‘ralgan ikkita tomonni birlashtirib rezina bog‘ichni bir necha marotaba aylantirib bog‘lang. Tayyor bo‘lgan moslamani avtomobil deflektoriga ildirib qo‘ying.
Quvvatlovchi kabelni qulay saqlash usuli
Agar telefoningizni avtomobilingiz akkumulyatoridan quvvatlantirish uchun uzun kabeldan foydalansangiz va u chalkashib ketaverib sizni xunob qilgan bo‘lsa, uni shu qadar oson qisqartirishga harakat qiling. Kabelni ruchka bo‘ylab mahkam o‘rang va uni soch feni bilan bir maromda qizdiring. Ruchkadan olishdan avval yaxshilab sovishini kuting. Endi uzun quvvatlovchi sim ixcham “spiral”ga aylandi. Sinab ko‘ring, foydalanish ancha qulay!
Manba