Salomatlik Ayollar uchun Guruchdagi kaloriyani qanday kamaytirish mumkin: vazn yo‘qotishga yordam beradigan samarali usul

Guruchdagi kaloriyani qanday kamaytirish mumkin: vazn yo‘qotishga yordam beradigan samarali usul

O'qildi: 266


Guruchdagi kaloriyani qanday kamaytirish mumkin: vazn yo‘qotishga yordam beradigan samarali usul

Siz guruchni yaxshi ko‘rasiz, biroq semirishdan qo‘rqib mahsulotni iste’mol qilmaysizmi?Guruchning kaloriya miqdorini kamaytirish mumkin, shunda bu vazn bilan bog‘liq muammolarni keltirib chiqarmaydi.

Foto: The Voice

Guruch juda ko‘p miqdorda uglevodlarni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, mahsulot yuqori glisemik indeksga ega, ya’ni u qondagi shakar miqdorini oshiradi. Shuning uchun diyetologlar jigarrang guruchni iste’mol qilishni maslahat beradi. Biroq jigarrang guruch pishirish uchun ko‘proq vaqt talab etadi va uning ta’mi hammaga ham yoqavermaydi.

Shri-Lankadan kelgan talabalar Amerika Kimyo Jamiyatining(ACS)yillik konferensiyasida guruchning kaloriyasini kamaytiruvchi usulni o‘ylab topganini ma’lum qildi. Agar guruch bu usulda pishirilsa, undagi kaloriya miqdori 50-60 foizga kamayadi.

Buning uchun:

  1. Bir choy qoshiq kokos moyini qaynoq suvga soling.
  2. Unga guruch qo‘shing va odatdagidek pishiring.
  3. Pishgandan so‘ng, guruchni sovitib, muzlatkichga kamida 12 soatga qo‘yishni unutmang.
  4. Guruchni yeyishdan oldin qayta isitishingiz mumkin.

Guruch hazm bo‘ladigan va hazm bo‘lmaydigan(chidamli)kraxmaldan iborat. Inson tanasida 2-toifa kraxmalni hazm qilish uchun zarur bo‘lgan fermentlar yo‘q, shuning uchun u shakarga aylanmaydi va hazm qilinganidan farqli o‘laroq, qonga singib ketmaydi.

Bu layfxak yordamida pishirilgan guruch doimiy usulda pishirilgan guruchga qaraganda 10 barobar ko‘proq hazm bo‘lmaydigan kraxmalga va 50-60 foizga kamroq kaloriyaga ega bo‘ladi. Bu usulni makaron va kartoshka bilan ham sinab ko‘rsangiz bo‘ladi. Sinab ko‘ring va vazn yo‘qoting.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.