Salomatlik Ayollar uchun Noʻxat, fasol, loviya: nima sababdan bu mahsulotlar aqllilar uchun goʻsht vazifasini bajaradi?

Noʻxat, fasol, loviya: nima sababdan bu mahsulotlar aqllilar uchun goʻsht vazifasini bajaradi?

O'qildi: 316


Noʻxat, fasol, loviya: nima sababdan bu mahsulotlar aqllilar uchun goʻsht vazifasini bajaradi?

Ortiqcha vazndan xalos boʻlmoqchi, organizmni energiya bilan toʻldirmoqchi, xolesterin va qondagi qand miqdorini kamaytirmoqchimisiz?Bir vaqtlar fasol va loviya iqtisodiy ahvoli nochor odamlar uchun goʻsht deb atalgan. Bu tarif chindan ham to‘g‘ri. Axir dukkaklilar tovuq, mol goʻshti yoki baliqdan uch baravar arzonroq va oqsil miqdori yuqori boʻlgan, proteinga boy mahsulotdir. Ammo endi ular sogʻligʻi haqida qaygʻuradiganlar uchun goʻsht deb atash vaqti keldi. Dukkakli mahsulotlardan tez-tez isteʼmol qilish zarurligi haqida quyida havola etiladi.

Bir dona konservalangan loviya qadoqda:

  • 218 kaloriya
  • 14,5 g protein
  • 0,7 g yogʻ
  • 40 g uglevodlar
  • 1 g shakar
  • 16,6 g klechatka
  • 5 mg temir(28 foiz kunlik meʼyor)
  • 84 mg magniy(27 foiz)
  • 259 mg fosfor(37 foiz)
  • 739 mg kaliy(16 foiz)
  • 331 mg natriy(22 foiz)
  • 1,3 mg rux(16 foiz)
  • 0,4 mg tiamin ( 33 foiz)
  • 0,3 mg riboflavin ( 27 foiz)
  • 146 mkg foliy kislotasi(36 foiz)kabi foydali moddalar bor.

Qora fasolning foydali xususiyati nimada?

Oʻsimlik oqsiliga qoʻshimcha ravishda(darvoqe, oʻsimlik oqsili yurak va qon tomirlar uchun hayvon oqsiliga qaraganda ancha foydali), qora fasol va loviya klechatkaga boy, unda yurak salomatligi uchun foydali kaliy, asab tizimini qoʻllab-quvvatlaydigan magniy, immunitet tizimining yaxshi ishlashi uchun juda muhim boʻlgan rux koʻp miqdorda uchraydi.

Ovqatni yaxshi hazm qiladi

Klechatka ich qotishi va qorinning dam boʻlishini bartaraf etishga yordam beradi. Boshqacha qilib aytganda, ular ovqatni itarib, ichaklarni faolroq ishlashga majbur qiladi. Shu bois ovqatning yaxshi hazm boʻlishi haqida qaygʻuradiganlar uchun haftada bir yoki ikki porsiya dukkakli mahsulotlardan isteʼmol qilishi lozim.

Zararli xolesterin darajasini kamaytiradi

Va yana klechatka: tavsiya etilgan kundalik meʼyorga rioya qilib, kuniga 25-30 gramm dukkakli isteʼmol qilsangiz, xolesterin organizmga xavf tugʻdirmaydi. Agar allaqachon xolesterin darajasi baland boʻlsa, dukkaklilarni tez-tez yeyishni boshlang, soʻng farqqa eʼtibor bering!

Suyaklarni himoya qiladi

Fasol, umuman, dukkaklilardagi juda koʻp magniy organizmda sodir boʻladigan 300 dan ortiq reaksiyalar, shu jumladan, metabolizm uchun muhimdir. Shubhasiz, metabolizm, oʻz navbatida, suyaklarning mustahkamligi va qattiqligiga javobgardir.

Qon bosimini nazorat qilishga yordam beradi

Meʼyoriy qon bosimida kaliy zarur modda: ushbu mikroelement qon tomirlar faoliyatini ragʻbatlantiradi, yaʼni qon tomirlarda yaxshi harakatga yordam beradi, shu bilan birga qon bosimini normallashtiradi.

Proteinning beminnat manbai

Bir porsiya loviya 15 gramm proteinni oʻz ichiga oladi, bu ayniqsa, vegetarian odamlar yetarli miqdordir. Biroq, goʻsht isteʼmol qilsangiz ham, haftada bir yoki ikki kun hayvon oqsilidan tanaffus qilsangiz, sogʻligʻingiz uchun foydadan holi emas.

Loviya va fasoldan qancha yeyish kerak?

Qiziqarli kuzatuv: qandli diabet, yurak va qon tomir kasalliklarining eng past koʻrsatkichlari odamlar dukkakli ekinlarni faol isteʼmol qiladigan mamlakatlarda ekani aniqlangan. Sogʻliqqa eng koʻp foyda keltirishi uchun tavsiya etilgan doza: haftada uch porsiya yoki kuniga yarim chashka loviya, fasol, noʻxat isteʼmol qilish kerak.

Qandli diabetga chalinganlar dukkaklilardan yeyishi mumkinmi?

Albatta, soʻnggi soʻzni shifokor aytadi, lekin umuman olganda, dukkaklilar diabet uchun eng foydali ozuqalardan biri hisoblanadi: oʻsimlik oqsili va klechatka har qanday ovqatga glyukemik reaksiyani sekinlashtirishga yordam beradi va qonda qand miqdorining keskin koʻtarilishini kamaytiradi.

Qaysi dukkaklilar foydali: konservalangan yoki quritilgan?

Foydali vitamin va elementlarning ozuqaviy qiymati va tarkibiga toʻxtaladigan boʻlsak, sezilarli farq yoʻq. Ammo konservalangan loviya va fasol koʻpincha shakar yoki tuz bilan toʻyingan boʻladi, shuning uchun siz qadoqdagi yorliqni diqqat bilan oʻrganishingiz va ushbu qoʻshimchalarning tarkibi minimal boʻlgan mahsulotlarni tanlashingiz kerak. Agar sizda multivarka yoki pishirishga koʻproq vaqt sarflashning imkoni boʻlsa, albatta, quritilgan loviyalarga ustunlik bergan afzal.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.