Salomatlik Ayollar uchun Eskirib qolgan sviterlardan ko‘zni quvnatuvchi yangi buyumlar tayyorlaymiz

Eskirib qolgan sviterlardan ko‘zni quvnatuvchi yangi buyumlar tayyorlaymiz

O'qildi: 334


Eskirib qolgan sviterlardan ko‘zni quvnatuvchi yangi buyumlar tayyorlaymiz

Eskirib qolgan sviterlarni tashlashga shoshilmaslik kerak. Qaychi, ip va igna yordamida ulardan o‘zingiz uchun kerakli bo‘lgan boshqa buyumlar yasash mumkin. Qanday qilib, deysizmi?Marhamat, bu haqda batafsil tanishib chiqing.

Foto: “Domashniy ochag”

Atirgul ko‘rinishidagi yostiq

Foto: “Domashniy ochag”

Kerak bo‘ladi:

  • tayyor dumaloq shakldagi yostiq;
  • yupqa trikotaj sviter;
  • igna-ip yoki yelim pistolet;
  • qaychi.
Ko‘rsatma:

Buning uchun eskirgan trikotaj sviter 2,5 sm qalinlikdagi tasma shaklida kesib chiqiladi. Tasma uzunligi qancha ko‘p bo‘lsa, atirgul shakli shuncha chiroyli ko‘rinadi. Tikish jarayoni yostiqning markazidan boshlanadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Tasma aylana shaklida tikilib, yostiq yuzasi to‘ldiriladi. Agar yostiqning orqasini ham shunday gul bilan qoplash kerak bo‘lsa, jarayon xuddi shunday takrorlanadi. Divan uchun mo‘ljallangan ushbu atirgul ko‘rinishidagi yostiq ajoyib bezak o‘rnini bosadi.

Xushbo‘y taratuvchi xaltacha

Foto: “Domashniy ochag”

Kerak bo‘ladi:

  • quruq lavanda;
  • efir moyi;
  • guruch;
  • eski trikotaj sviter;
  • igna;
  • ip;
  • qaychi.
Ko‘rsatma:

Buning uchun sviter juda zich to‘qilgan bo‘lishi kerak. Sababi teshiklar orasidan guruch va o‘tlar to‘kilib ketmasligi uchun. Shuningdek, sviter yengi ajratib olinadi va ichiga bir stakan guruch, lavanda gullari va efir moyidan bir necha tomchi quyiladi. So‘ngra xaltachaning ikki tomoni ham tikib chiqiladi. Xaltacha kamida 2-3 oy davomida yoqimli hid taratib turadi. Vaqti-vaqti bilan xaltacha ichidagi aralashmani qimirlatish tavsiya etiladi, shunda yanada ko‘proq hid taraladi.

Soch uchun tasma

Foto: “Domashniy ochag”

Kerak bo‘ladi:

  • mayda to‘qilgan sviter;
  • ip;
  • qaychi;
  • tikuv mashinasi;
  • munchoq va boshqa bezaklar.
Ko‘rsatma:

Iloji boricha sviterning kamroq kiyilgan qismidan taxminan 20 santimetr qalinlikda bosh aylanasidan ikki baravar uzunroq tasma kesib olinadi va tikuv mashinasi yordamida tikib chiqiladi. Sviterdan yana 7x30 o‘lchamdagi ikkita oval tasma ajratib olinadi.

Foto: “Domashniy ochag”

Bu uning bezagi uchun kerak bo‘ladi. Buning uchun yarmigacha qayrilgan matolarning ichki qismi tikib chiqiladi va ipi tortiladi. So‘ngra gul shakliga kelgan matoning markaziga munchoqlar tikib qo‘yiladi. Tayyor bo‘lgan bezaklarni tasmaning yon tarafiga tikib qo‘yish mumkin.

Yumshoq o‘rindiq

Foto: “Domashniy ochag”

Kerak bo‘ladi:

  • eski sviter;
  • ip;
  • igna;
  • sviter rangidagi qalin mato;
  • yostiq ichini to‘ldirish uchun paxta yoki sintepon.
Ko‘rsatma:

Sviter yenglari olinib, iloji boricha dumaloq shaklga keltiriladi. Chidamli bo‘lishi uchun chet qismlari mustahkam tikib chiqiladi. Sviter rangidagi matodan esa o‘rindiq o‘lchami bilan teng bo‘lgan qoplama jild tikiladi. U ham dumaloq shaklda bo‘lib, ichi to‘ldiriladi va ustidan sviterdan tikilgan qoplama kiydiriladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Yaxshilab dumaloq shakl beriladi va sviterdan tayyor bo‘lgan qopchaning yeng qismlari cheti tikilib, so‘ng ipi tortiladi. Ajoyib ko‘rinishdagi o‘rindiqdan uyda qulaylik uchun foydalanish mumkin.

Issiq paypoqlar

Foto: “Domashniy ochag”

Kerak bo‘ladi:

  • uzun yengli eski sviter;
  • qaychi;
  • tikuv mashinasi;
  • ip.
Ko‘rsatma:

Sviterning yengi kesib olinadi. Uzunligini har kim o‘z xohishiga qarab tanlash mumkin. Paypoqlar oyoqqa qulay bo‘lishi uchun oval qismini oyoq uchlariga moslashtirgan afzal. Ichki qismlarini mashina yordamida tikish mumkin. To‘qilgan matoni tikishda chet qismlarini ichki tarafga qayirib tikishni unutmaslik muhim.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.