Yog‘ochmi yoki plastmassa? Taxtakachning qaysi turidan foydalangan yaxshiroq?
Har qanday insonning hayotida kamida bir marta plastmassa yoki yog‘och taxtakach tanlashiga to‘g‘ri kelib qolishi mumkin. Ulardan qaysi biri qulay, gigiyenaga mos yoki xavfsizroq ekanini bilib qo‘yish esa zarar qilmaydi, deb yozadi “Noviy ochag”.
Foto: “Noviy ochag”Plastik taxtakachlar
Foto: “Noviy ochag”Yaqin vaqtgacha plastik taxtakachlar foydalanish uchun xavfsiz deb hisoblangan. Bundan tashqari, yog‘och va bambukdan farqli o‘laroq, plastik taxtakach idish yuvish mashinasida yuvilishi mumkin. Ammo sinovlar natijasida ma’lum bo‘ldiki, ishlatilgan plastmassa taxtakachlarda yog‘ochlariga qaraganda ancha ko‘p bakteriya qoladi.
Bundan tashqari, vaqt o‘tishi bilan pichoqlarda kesilgan plastik taxtakachni an’anaviy usullar bilan to‘liq dezinfeksiyalash mumkin emas. Plastmassa taxtakachlarning yana bir kamchiligi shundaki, uning eng kichik zarralari mahsulotlar bilan aralashib ketadi. Bu esa salomatlik uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Bambuk taxtakachlar
Foto: “Noviy ochag”Bundan organik mahsulotlarni sevuvchilar ko‘proq foydalanadi. Bambuk ekologik material bo‘lib, uni yetishtirish uchun hech qanday o‘g‘it yoki zararli kimyoviy moddalar talab qilinmaydi. Bambukdan yasalgan taxtakachning yuzasi oddiy yog‘ochga qaraganda mustahkam va qattiq bo‘lgani uchun u namlikni kamroq yutadi va gigiyena uchun mos hisoblanadi. Bambukning kamchiliklari uning qattiqligidadir. U oddiy chinordan deyarli 20 foizga mustahkamkaroq.
Bambukdan yasalgan taxtakachlar yaxshi variant. Ularning yuzasi tez va juda nozik narsalarni kesish uchun mos keladi. Ammo shuni yodda tutish kerakki, tez-tez pichoqlarni o‘tkirlash kerak.
Yog‘och taxtakachlar
Foto: “Noviy ochag”Yog‘och taxtakachlar odatda chinor yoki qora qayindan tayyorlanadi. Ular arzon va ko‘pincha ishlab chiqarish chiqindilaridan tayyorlanadi. Daraxt o‘z-o‘zini davolash xususiyatiga ega va egiluvchan material pichoqning chetini kamroq shikastlaydi. Chinor, qora qayin yoki qayindan yasalgan yog‘och taxtakach birinchi navbatda yaxshi, chunki uni qayta tiklash mumkin, shuningdek, u plastmassa kabi tez qirilmaydi.
Yog‘och taxtakachlar mahsulotni kesish uchun eng yaxshi tanlovdir. Taxtakachning sirtini himoya qilish uchun uni muntazam ravishda har qanday o‘simlik moyi bilan yog‘lash lozim. Lekin idish yuvish mashinasida yuvish tavsiya etilaydi. Taxtakach issiq suvda tezda quriydi va vaqt o‘tishi bilan uning ustida yoriqlar paydo bo‘ladi.
Manba