Kiyimlar parvarishida iste’mol sodasidan foydalanishning 5 ta usuli
Iste’mol sodasi nafaqat oshxona yoki go‘zallik bobida, balki kiyimlar parvarishida ham yordam beradi. Qolaversa, nafis matolarga ham zarar yetkazmaydi. Lifehacker nashri iste’mol sodasidan unumli foydalanish sirlari bilan bo‘lishdi.
Foto: “Profil”Yomon hidlarni bartaraf etadi
Kiyim va choyshablar vaqt o‘tishi bilan hidlanadi, chunki ularda inson terisidagi bakteriyalar to‘planadi. To‘g‘ri, kir yuvish kukuni tarkibidagi fermentlar bu bakteriyalarni parchalaydi. Ammo arzon va sifatsiz yuvish vositalari har doim ham bu vazifani yaxshi bajara olmaydi. Ularning samaradorligini oshirish uchun kir yuvishda yarim stakan iste’mol sodasini qo‘shish kerak. Kir yuvish mashinasida esa mahsulotni baraban ichiga kiyimlar birga solinadi.
Agar ter yoki tamaki tutuni kabi yoqimsiz hidlardan xalos bo‘lish uchun yuvishdan oldin kiyimlarni iste’mol sodasi solingan suv bilan namlash lozim. Kiyimlarni sodali suvda bir kechaga qoldirib, so‘ngra yaxshilab yuvish tavsiya etiladi.
Xlorli oqartirgichning ta’sirini kuchaytiradi
Asosan sochiq, choyshab va oq rngli kiyimlarni oqartirish uchun iste’mol sodasi yordam beradi. Yuvishdan oldin soda teng nisbatda oqartirgich bilan qo‘llanadi: soda — barabanga, oqartirgich — bu uchun maxsus mo‘ljallangan bo‘linmaga solinadi. Bu pulni tejashga va kiyimlarni avvalgi ko‘rinishini qaytarishga yordam beradi.
Matoni yumshatadi
Kiyimlar muntazam yuvilganda, mato dag‘allashadi, chunki erigan metall tuzlarining zarralari uning ustiga joylashadi. Bundy vaqtda iste’mol sodasi yordamga keladi. Kutilgan natijaga erishish uchun kiyimlarni chayishda faqat yarim stakan iste’mol qo‘shish mumkin
Bundan tashqari, do‘kondan sotib olingan mato yumshatkichlar iste’mol sodasidan farqli o‘laroq, xushbo‘y hidlar va kimyoviy moddalarni o‘z ichiga oladi. Bu esa ta’sirchan teri egalarida allergiyani keltirib chiqaradi.
Kiyimlar rangini yorqinlashtiradi
Natriy bikarbonat ochiq rangli kiyimlarni oqartiradi va yorqinligini qaytaradi. Buning uchun barabanga yarim stakan iste’mol sodasi solinadi va odatdagi kukun bilan yuviladi
Bu, ayniqsa, paxta matolari, shu jumladan yupqa choyshablar uchun juda mos keladi. Do‘konda sotib olingan oqartirgichdan farqli o‘laroq, iste’mol sodasi bunday nozik narsalarga zarar yetkazmaydi.
Dog‘larni tozalaydi
Yog‘ va oziq-ovqat dog‘larini yo‘qotish uchun bir osh qoshiq iste’mol sodasini ozgina suv bilan aralashtirib, quyuq xamir hosil qilinadi. U dog‘ ustiga qo‘llanib, 15 daqiqaga qoldiriladi. Agar mato qalin bo‘lsa, dog‘ni tish cho‘tkasi bilan ishqalash mumkin. So‘ngra kiyim odatdagidek yuvib tashlanadi.
Manba