Ko‘pchilik foydalanishda har kuni xatoga yo‘l qo‘yadigan 9 ta narsa
Kundalik hayotda uchraydigan odatiy narsalardan foydalanishda ko‘pchilik xatoga yo‘l qo‘ysa-da, buni o‘zlari bilmasligi mumkin. “Noviy ochag” nashri bu borada bir nechta layfxaklar bilan bo‘lishdi.
Foto: “Noviy ochag”Kalitlarni chalkashtirib yubormaslik uchun
Foto: “Noviy ochag”Aksariyat insonlarda kalitlarni chalkashtirib yuborish holati kuzatiladi. Ular qaysi qulfga tushishini unutmaslik uchun maxsus belgi qo‘yish kifoya. Masalan, bu belgini laklar yordamida amalga oshirish mumkin. Tabiiyki, ayollar sumkasidan bir necha rangdagi laklarni topiladi.
Mahsulotlarni yangidek saqlash
Foto: “Noviy ochag”Ayrim mahsulotlarni qadoqdan ochgandan so‘ng yangidek saqlash qiyinlashadi. Masalan, pechenyelar qotishi, pishloq esa o‘zining hidini chiqarish mumkin. Bu kabi mahsulotlarni yangidek saqlash uchun plastik butilkaning yuqori qismi kesib olinadi va qadoqning ochilgan tomoniga o‘rnatiladi. Bunday qadoqlangan mahsulotlarni safarlarda ham olib yurish mumkin.
Tuxumni tezda tozalash
Foto: “Noviy ochag”Tuxumni tezda va oson tozalash uchun uni qaynatishda bir osh qoshiq iste’mol sodasini solish kifoya.
Lab bo‘yog‘ini o‘chirish
Foto: “Noviy ochag”Kiyimlarga tegib qolgan lab bo‘yog‘ini o‘chirish uchun soch turmaklashda qo‘llaniladigan lak ish beradi. Buning uchun dog‘ ustiga lakni sepib, gubka bilan ishqalanadi va odatdagidek kir yuvish mashinasida yuviladi.
Ichimliklarni tezroq sovitish
Foto: “Noviy ochag”Muz va suv 1:1 nisbatda aralashtiriladi. Har bir litr suv uchun 2 osh qoshiq tuz qo‘shiladi. Shishalar muzli suvga solinadi. Ikki daqiqadan so‘ng ichimlik 10 darajaga soviydi.
Makaron mahsulotini tezda isitish
Foto: “Noviy ochag”Makaron mahsulotidan tayyorlangan taomni tezroq isitish uchun uni idishning o‘rta qisimiga emas, balki chet qismi solish kerak. Shundagina taom aylana bo‘ylab tezroq isiydi.
Rakovina ostida tartibni saqlash
Foto: “Noviy ochag”Rakovina ostida tartib saqlash uchun dush pardasi ilinadigan turbadan foydalanish mumkin.
Smartfonni tezda quvvatlash uchun
Foto: “Noviy ochag”Smartfonni tezda quvvatlash uchun uni “uchish” rejimiga qo‘yish yoki o‘chirib qo‘yish tavsiya etiladi. Natijada telefon bir zumda quvvat oladi.
Manba