Salomatlik Ayollar uchun Derazalarni to‘g‘ri yuvish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar

Derazalarni to‘g‘ri yuvish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar

O'qildi: 388


Derazalarni to‘g‘ri yuvish bo‘yicha bosqichma-bosqich ko‘rsatmalar

Derazalar quyosh nuri, chang va yomg‘ir tufayli tezda yomon ko‘rinishga kelib qoladi. Ularning bunday holatiga esa bekajonlar dosh bera olmasligi shubhasiz. “Noviy ochag” nashri derazalarni to‘g‘ri yuvish bo‘yicha bir qancha ko‘rsatmalar bilan bo‘lishdi.

Foto: “Noviy ochag”

To‘g‘ri vaqtni tanlang

Quyosh nurlari oynaga tushadigan vaqtda derazalarni yuvish tavsiya etilmaydi. Yuvilgan deraza quruq mato bilan artilmasidan oldin qurishi va izlar qoldirishi mumkin.

Yuzani tayyorlang

Derazani yuvishdan avval eskiroq cho‘tka yordamida yuzaga yig‘ilgan chang va boshqa narsalarni qirib tushirishni unutmaslik lozim.

Qo‘llarni himoya qiling

Qo‘llarni himoya qilish uchun rezina qo‘lqopdan foydalanish tavsiya etiladi. Bu, ayniqsa, yog‘ochdan yasalgan romlarni yuvishda juda zarur, chunki yog‘och eskirib, qo‘lga zirapchasi kirib ketishi mumkin.

Tozalash eritmasini tayyorlang

Albatta, maxsus oyna tozalash vositalaridan foydalanish mumkin, ammo sirka ham borada samarali. Sirka issiq suv bilan teng qismlarda aralashtiriladi va bu eritma idishga quyilib, sepadigan vosita yordamida derazalarni tozalash mumkin.

Derazani namlang

Yangi gubka eritmaga botiriladi. Derazalarni yuvishdan avval undagi kir tokcha va romga oqmasligi uchun gubka bilan artib olinadi.

Romlarni yuving

Derazalar yuvilganidan so‘ng romlar oddiy nam mato bilan artib olinadi. Ularni ko‘pikli suvda tozalash biroz ko‘p vaqt oladi. Shuningdek, ko‘pik yaxshi tozalanmasa, o‘zidan keyin dog‘ qoldirishi ham mumkin. Tozalangan romlar ish yakunida shunchaki quruq mato bilan artib chiqiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.