Sham, sochiq va yana tashlab yubormaslik kerak bo‘lgan boshqa eskirgan narsalar
Uydagi ortiqcha va eskirgan narsadan xalos bo‘lish tendensiyasiga qaramay, tashlab yuborishga shoshilmaslik kerak bo‘lgan ba’zi narsalar bor. “Noviy ochag” nashri ulardan bir nechtasini sanab o‘tdi.
Foto: “Noviy ochag”Gilam
Eskirgan gilam mebel oyoqlariga yumshoq yostiqchalarni tayyorlash uchun juda mos keladi. Kundalik foydalanish paytida va mebelni boshqa xonaga ko‘chirish kerak bo‘lsa, ular polni qirib yuborishdan qutqaradi.
Dush pardasi
Eskirgan dush pardasini tashlashga shoshilmaslik kerak. Ilgak ilmoqlari o‘rnatilgan chetini kesib olib, pardani gilam yoki piknik dasturxoni sifatida ishlatish mumkin. Pardadan uy hayvonlariga yotoq qilish uchun ham foydalansa bo‘ladi. U juda qulay bo‘lib, sirtni nam mato bilan artib olish kifoya.
Kolgotka
Ehtimol, neylondan ko‘ra laklangan mebellarni yaltiratish uchun yaxshiroq mato topish qiyin. Faqat eski kolgotkalar yordamida sirtni turli yo‘nalishlarda ehtiyotkorlik bilan artish tavsiya etiladi.
Qisqichli ilgich
Kiyimlar bilan birga keladigan arzon plastik ilgichlar ko‘pincha chiqindi qutisiga tushadi. Ilgichning o‘zi siz uchun foydali bo‘lishi dargumon — uning sifati juda shubhali. Ammo qisqichlari foydali narsadir. Ular olib tashlanib, kiyimlar o‘rniga paketlarning chetlarini mahsulotlar bilan mahkamlash uchun asqatadi.
Ustara
Ustara trikotaj kiyimlarni parvarish qilishda ayni muddao. Uning yordami bilan kiyimlar ustidagi katishkalarni tozalab, yangi holga keltirish mumkin.
Sabzavotlar uchun to‘r xalta
Sabzavotlar solinadigan to‘r yordamida hammomdagi bolalar o‘yinchoqlarini saqlash mumkin. Bu juda qulay. Barcha o‘yinchoqlar xaltaga solinadi va u vannaning ustiga osib qo‘yiladi, natijada o‘yinchoqlar ichida suv qolmaydi.
Eski shamlar
Yarim yonib ketgan shamlarni tashlamaslik kerak, balki ularni yangi holga keltirish mumkin:
- shamlar;
- shisha idish;
- ingichka ip;
- keraksiz plastik idish;
- choy qoshiq.
Eski futbolkalar
Paxta futbolkalar eskirsa ham foydasini yo‘qotmaydi. Ko‘chishni rejalashtirayotganlar nozik narsalarni xavfsiz tashish uchun futbolkalardan foydalanishi mumkin. Ularni bir necha marta qatlam qilib o‘rash natijasida qimmatbaho buyumlarga zarar yetmaydi.
Soch tasmalari
Tashqi ko‘rinishini yo‘qotgan soch tasmalari yordami bilan paketlarning chetlarini mahkamlab, ixcham saqlashni tashkil qilish mumkin. Masalan, sayohatga chiqqanda kiyimlarning taxlami buzilmasligi hamda ko‘p joy egallamasligi uchun soch tasmasini taqish kifoya.
Plastik idishlar
Hech qachon qayta ishlangan pishloq, yogurt yoki margarin idishlarini tashlab yubormang. Tirnoq, soch tasmasi yoki tugmalar va munchoqlarni yo‘qotib qo‘yish oson. Ammo ushbu plastik idishlar ularni saqlashda yaqindan yordam beradi.
Sochiqlar
Vaqt o‘tishi bilan, hatto eng yuqori sifatli sochiq ham eskiradi. Ammo ularni tashlashga shoshilmaslik kerak. Eskirgan sochiqlar qoshiq, sanchqi kabi buyumlarni yaltiratish uchun ayni muddao.
Manba