Qishga tayyorgarlik: olxo‘ri muzlatishning 4 usuli
Qishda iste’mol qilish uchun olxo‘rini qanday muzlatish kerak?“Noviy ochag” nashri bekajonlar uchun foydali bo‘lgan olxo‘ri muzlatish usullari bilan bo‘lishdi.
Foto: “Noviy ochag”Mevani butunligicha muzlatish
Bu olxo‘ri muzlatishning eng oson yo‘li, lekin keyinchalik undan foydalanish qiyinlashadi. Undan faqatgina kompot qilish mumkin.
Buning uchun olxo‘ri yuviladi, so‘ngra quritiladi. Bir qatlam qilib terilib, pishirish varag‘iga joylashtiriladi va muzlatkichda 4-5 soatga qoldiriladi. Muzlagandan so‘ng paketlarga qadoqlash mumkin.
Bo‘laklarga bo‘lib muzlatish
Bunday olxo‘ridan keyinchalik turli xil narsalar tayyorlanadi: pishiriq, shirinlik va hatto taomlarga ham qo‘shish mumkin. Albatta, kompot va kisel ham tayyorlash oson.
Buning uchun olxo‘ri danaklari olib tashlanadi. Agar ular yaxshi ajratilmasa, olxo‘rini pishishi uchun bir necha kun derazaga qo‘yish kerak. Keyin danaklarni ajratish osonroq bo‘ladi. Meva o‘rtasidan bo‘linadi va muzlatishga qo‘yiladi. 5 soat davomida muzlatkichda turganidan so‘ng paketlarga joylashtiriladi.
Shakar qo‘shib, pyure shaklida muzlatish
Ushbu usulda olxo‘ri o‘zining xushbo‘yligini ko‘proq saqlaydi. Hattoki muzqaymoqqa ham o‘xshab ketadi. Olxo‘ri pyuresi pirog va bulochkalar uchun ajoyib nachinka sifatida xizmat qiladi.
Buning uchun olxo‘ri blender bilan maydalanadi. 1 kilogramm olxo‘ri uchun 250 gramm shakar qo‘shiladi. So‘ngra qoliplarga quyib, muzlatib qo‘yiladi. Muzlatish uchun muzqaymoq qoliplaridan foydalanish mumkin.
Shakar bilan bo‘laklab muzlatish
Olxo‘rini danaklardan ajratish va bo‘laklarga bo‘lish kerak. So‘ngra shakarga botirilib, muzlatkichga besh soatga qo‘yiladi. Olxo‘rilar tayyor bo‘lgach, alohida paket yoki idishlarga solinadi va yana muzlatkichda qoldiriladi.
Manba