Nima uchun tuxumni muzlatkich eshigida saqlash mumkin emas?
Ko‘p yillar davomida xarid qilingn tuxumlarni karton o‘ramdan chiqarib, muzlatkich eshigiga joylashtiradigan bekajonlar endi bunday qilish shart emasligini bilib oladi, deb yozadi Wday.
Foto: PinterestAvstraliyaning ixtisoslashgan institutining oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha mutaxassisi Mishel Bosevski o‘z blogida muzlatkichdagi joyni qanday tashkil qilish kerakligi haqidagi asosiy qoidalarni taqdim etdi.
Yuqori
Bu tayyor mahsulotlar va ovqat qoldiqlari uchun mo‘ljallangan. Bu mahsulotlar issiqlik bilan ishlov berishni talab qiladigan xom ashyodan uzoqda saqlanishi kerak. Ularni aralashtirib joylashtirish mumkin emas.
Tuxum mahsuloti o‘rta qatorda saqlanishi kerak. Aslo muzlatkich eshigida emas. Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, eshik ushbu mahsulot uchun juda issiq. Tuxum uzoq vaqt yangidek saqlanishi uchun salqinroq joy ajratilishi kerak.
Past
Muzlatkichning pastki qismi xom go‘sht, baliq, parranda go‘shti va qiyma uchun mo‘ljallangan. Ushbu mahsulotlarni yopiq idishda saqlash tavsiya etiladi. Mutaxassisning fikricha, bu xom go‘shtda bo‘lishi mumkin bo‘lgan bakteriyalar tarqalishining oldini oladi. Aks holda ular muzlatkich bo‘ylab osongina tarqaladi va boshqa mahsulotlarni ham zararlaydi.
Eshik
Bu muzlatkichning eng issiq qismi. Sut va sut mahsulotlari uchun mukammal joy. “Men eshik tepasida pishloq va yogurtlarni, o‘rtada ziravor va souslarni, pastki qismida sut va boshqa ichimliklarni saqlayman”, — deydi Mishel Bosevski.
Sabzavot va mevalar
“Agar muzlatkichda ikkita alohida tortma bo‘lsa, meva va sabzavotlarni alohida saqlash lozim. Muzlatkichda saqlanmaydigan bittagina meva bor. Har holda, boshqa mevalar yonida. Bu olma, u meva va sabzavotlarning tezroq buzilishiga olib keladigan etilen gazini chiqaradi. Ammo ular ushbu modda yordamida yetarlicha pishadi, shuning uchun muzlatkichda pishmagan pomidor yoki olxo‘ri bo‘lsa, uning yoniga olma qo‘yish mumkin”, — deb maslahat beradi Mishel.
Olma saqlashning eng yaxshi usuli — yopiq sumkalar. Yana bir layfxak — olmani piyoz bilan birga qo‘yishdir. Bu piyozning ko‘karishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sabzavot va mevalar uchun bo‘linmaning pastki qismi qog‘oz sochiq bilan qoplangan bo‘lishi kerak. Ular ortiqcha namlikni o‘zlashtiradi va mevalar uzoqroq saqlanadi. Bananlar tez buzilmasligi uchun esa bandini folga bilan o‘rash kifoya.
Manba