Changyutgich yana nimalarga qodirligini bilasizmi? U bilan amalga oshirish mumkin bo‘lgan 10 ta layfxak
Uy sharoitida gilam va polni tozalashda changyutgichdan foydalanishning faqat kichik bir qismidir. Ushbu texnika yanada ko‘proq narsaga qodir hamda bu bekajonlarni ajablantirishi va xursand qilishi mumkin. Changyutgich yordamida “Noviy ochag” nashri taqdim etgan layfxaklarni amalga oshirish mumkin.
Foto: “Noviy ochag”Kichik narsalarni topish mumkin
Agar zirak yoki uzuk kabi kichik narsalarni yo‘qotgan bo‘lsangiz, changyutgich uni tezda topishga yordam beradi. Obyekt ichkariga kirib ketmasligi uchun changyutgich trubasiga yupqa matoni sochga taqiladigan tasma bilan mahkamlash kerak.
Foto: “Noviy ochag”Gilamdagi izlarni olib tashlash mumkin
Sevimli gilamda mebeldan qolgan iz bormi?Buni osongina tuzatish mumkin. Gilamning zararlangan joyiga bir parcha muz qo‘yib, u to‘liq eriguncha kutiladi. Shundan so‘ng gilam changyutgich bilan tozalanadi va yuzada hech qanday iz qolmaydi.
Foto: “Noviy ochag”Havoni tozalash mumkin
Uydagi havo nafaqat toza, balki xushbo‘y bo‘lishi uchun tozalashdan oldin chang yig‘uvchi qismga efir moyiga namlangan paxta qo‘yish tavsiya etiladi.
Allergiya paydo bo‘lishining oldini olish mumkin
Allergiya alomatlari uyda ham davom etsa, bu o‘simlik gulchanglari uyga ham kirishi mumkinligini anglatadi, masalan, deraza orqali. Deraza romlari, tokchalar, shamollatish teshiklari va konditsionerni changdan tozalash tavsiya etiladi. Bunda changyutgich yaqindan yordam beradi.
Yong‘inning oldini olish mumkin
Agar uyda quritadigan mashina bo‘lsa, unda esda tutish kerak. Chunki u ko‘pincha yong‘inga sabab bo‘ladi. Bularning barchasi filtrda to‘plangan va jihoz qizdirilganda osongina alangalanishi mumkin bo‘lgan chang bilan bog‘liq. Bunga yo‘l qo‘ymaslik uchun filtrni yiliga kamida bir necha marta changyutgich yordamida tozalash kerak.
Matrasni yangilash mumkin
Uyqu sifati uchun to‘shaklarning tozaligi muhim rol o‘ynaydi. To‘shakni yoqimsiz hidlar va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan bakteriyalardan tozalash uchun sirtga oddiy iste’mol sodasi sepiladi va uni bir necha soatga qoldiriladi. Bu vaqt ichida kukun ortiqcha namlikni o‘zlashtiradi va matrasni yangi holga keltiradi. Shundan so‘ng sodani changyutgich bilan to‘plash mumkin.
Kirish qiyin bo‘lgan joylarni tozalash mumkin
Changyutgich trubasi yordamida klaviatura, deraza romlari va boshqa kirish qiyin bo‘lgan joylarni changdan tozalash mumkin.
Foto: “Noviy ochag”Bolani tinchlantirish mumkin
Changyutgich shovqin manbai hisoblanadi. Uning monoton shovqini asab tizimini bo‘shashtiradi va tinchlantiradi. Agar bola yig‘lashdan to‘xtamasa, changyutgichda o‘rtacha kuchlanishda yoqib qo‘yish mumkin. Shovqin uning tinchlanishi va hatto uxlashiga ham yordam beradi.
Manba