Salomatlik Ayollar uchun Qahva, sharob, lab bo‘yog‘i: yaqqol sezilib turuvchi dog‘larni ketkazuvchi vositalar

Qahva, sharob, lab bo‘yog‘i: yaqqol sezilib turuvchi dog‘larni ketkazuvchi vositalar

O'qildi: 347


Qahva, sharob, lab bo‘yog‘i: yaqqol sezilib turuvchi dog‘larni ketkazuvchi vositalar

Yorqin rangdagi liboslar barcha uchun manzur kelishi shubhasiz. Lekin kutilmaganda ro‘y bergan voqealar tufayli ularga sharob, qahva yoki lab bo‘yog‘i dog‘lari tegishi mumkin. Ularni ketkazish hamisha ham kiyimlarning avvalgi holatini qaytarib bermasligi mumkin. Quyida esa ularni bartaraf etadigan vositalar haqida ma’lumotga ega bo‘ling.

Foto: “Domashniy ochag”

Dezodorant dog‘lari

Oppoq kiyimlardagi dezodorant dog‘larini tozalashda iste’mol sodasi samarali yordam beradi. Buning uchun 1 stakan suvga 1 osh qoshiq iste’mol sodasi solinib, kiyimning dog‘li hududiga quyiladi. Dog‘ juda ham sezilarli bo‘lsa, suyuqlikni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘sha sohaga quyish va 30 daqiqaga qoldirish tavsiya etiladi. Shuningdek, kiyim iliq suvda yuviladi. So‘ngra 1 stakan suv 1 osh qoshiq nashatir spirt bilan aralashtirilib, mato namlanadi. 15 daqiqadan so‘ng kiyim yaxshilab yuviladi.

Foto: Getty Images

To‘q rangli matolar uchun 1 stakan iliq suvga 1 choy qoshiq osh tuzi va 1 choy qoshiq nashatir spirt aralashtiriladi. Ushbu eritma bilan mato namlanadi, 15 daqiqadan so‘ng kiyim toza suvda yuviladi.

Qizil sharob dog‘lari

Foto: Getty Images

Qizil sharob dog‘larini yo‘qotish uchun muammoli soha oq sharob bilan yuviladi. Qalin qilib iste’mol sodasi sepiladi. 2-3 soatdan so‘ng dog‘larning rangi o‘chib, ko‘rinmas holga kelganidan so‘ng iliq suv bilan yuviladi.

Lab bo‘yog‘i dog‘lari

Foto: Getty Images

Kiyimlarga tegib qolgan qizil lab bo‘yog‘ini sochga sepiladigan lak bilan tozalash mumkin. Uning tarkibida spirt mavjud bo‘lsa, albatta, buning iloji bor. Lak matoga sepiladi va sovunli suv bilan yuviladi.

Qahva dog‘lari

Foto: Getty Images

Agar qahva och rangdagi kiyim ustiga to‘kilsa, darhol qog‘oz salfetka bilan artib tashlash zarur. Dog‘ ustiga vodorod perekisi yoki nashatir spirt bilan dog‘lar artiladi. Agar bu yordam bermasa, matoni suyuqlikka bo‘ktirib, birozdan so‘ng toza suvda yuvish tavsiya etiladi.

Yog‘ dog‘lari

Foto: Getty Images

Agar matoni yuvish mumkin bo‘lsa, dog‘larni atseton bilan artish mumkin. Buning uchun paxtada dog‘larni tashqariga qarab emas, ichkariga qarab artish tavsiya etiladi. Yuvib bo‘lmaydigan matolardagi yog‘ dog‘larini kraxmal yo‘qotishi mumkin. Buning uchun kraxmal quruq tovada qizdiriladi va dog‘ ustiga sepiladi. Kukun moyni yutib olgandan so‘ng dog‘lar yo‘qoladi. Agar jarayon ish bermasa yoki natija kutilganidek chiqmasa, uni takrorlash mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.