Salomatlik Ayollar uchun Banka “otmasligi” uchun: Uy sharoitida konserva tayyorlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar

Banka “otmasligi” uchun: Uy sharoitida konserva tayyorlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar

O'qildi: 551


Banka “otmasligi” uchun: Uy sharoitida konserva tayyorlashda e’tibor qaratish lozim bo‘lgan jihatlar

Pazanda bekajonlar uyda tayyorlaydigan konserva, murabbo va tuzlamalar tayyorlashida e’tibor qaratish kerak bo‘lgan jihatlar mavjud. “Noviy ochag” nashri keyinchalik ular “otib” yubormasligi uchun  bir nechta qoidalar to‘plamini taqdim etdi.

Foto: “Noviy ochag”

Mahsulotlar tanlovi

Konservalash uchun faqat eng yangi va pishgan meva, sabzavot va rezavorlar mos keladi. Ular ezilmagan, mog‘or bosmagan hamda zararlanmagan bo‘lishi kerak. Hatto mevalarning ezilgan joylari olib tashlangan taqdirda ham konservalar uchun yaroqli bo‘lmaydi va hech kim ularning “otib” yubormasligiga kafolat bermaydi.

Tayyorlash jarayonini kechiktirmaslik

Konserva uchun mahsulot sotib olayotganda, agar rezavorlar sotib olingan bo‘lsa, vaqt o‘tkazmasdan murabboni tayyorlab olish kerak. Sotib olingan sabzavotlarni 3 kundan ortiq, olma, nok yoki behi kabi qattiq mevalarni esa bir haftadan ortiq saqlash tavsiya etilmaydi.

Mahsulotni yaxshilab yuvish

Bu, ayniqsa, qo‘ziqorinlar uchun ko‘proq mos keladi. Suvni bir necha marta yangilab, yuvib, keyin ularni quritishga qo‘yish kerak. Chet eldan sotib olingan mevalarni gubka bilan yuvish tavsiya etiladi, bu mevaning saqlash muddatini uzaytirish uchun ishlatiladigan mumdan xalos qiladi. Tuzlangan bodring va marinadlarga qo‘shiladigan ko‘katlarni ham ehtiyotkorlik bilan saralash va yuvish muhimdir, ularni sarg‘aygan, qurigan va zararlangan barglardan ajratish kerak.

Bankalarni tayyorlash

Banka yopish uchun dastlab bankalarni yaxshilab yuvish kerak, keyin 130 darajada oldindan qizdirilgan pechda 25-30 daqiqa davomida yoki qaynoq suv bug‘ida 10-15 daqiqa davomida sterilizatsiya qilinadi.

Qopqoqlarni ham unutmaslik kerak

Bankalar uchun sotib olingan yangi qopqoqlarni suvda 3-4 daqiqa davomida qaynatish lozim. Qopqoqlar yangi bo‘lishi kerak, chunki eski vintli qopqoqlar odatda shaklini o‘zgartiradi va agar qayta ishlatilsa ham bankalarni yopish imkoni bo‘lmaydi.

Bankalarni sekin sovitish lozim

Uyda marinadlar, tuzlangan bodring va murabbo tayyorlash uchun ko‘pgina retseptlar ko‘ra, bankalar teskari to‘nkarilib, qalin narsa bilan o‘raladi. Bu ularning sekin sovishi uchun amalga oshiriladi. Harorat qancha sekin pasaysa, bankalardagi pishish jarayoni tabiiy ravishda davom etadi va konserva to‘g‘ri yopilgan bo‘ladi.

Sterilizatsiya va pasterizatsiya

Bularning farqi nimada? Ikkala harakat ham issiqlik bilan ishlov berishdir, faqat u turli yo‘llar bilan amalga oshiriladi. Pasterizatsiya qilishda bankalar qaynayotgan suv bug‘ida 30 daqiqa davomida pasterizatsiya qilinadi va keyin taxminan 9 oy davomida saqlanishi mumkin. Sterilizatsiya qilish uchun blankalar ustidan suv quyiladi va suv qaynatiladi. Qaynash davomida idishlar hajmiga muvofiq sterilizatsiya qilinishi kerak: 0,5 l — 10 daqiqa, 1 l — 15 daqiqa, 2 l — 20-25 daqiqa, 3 l — 25-30 daqiqa. Sterilizatsiya jarayonida mikroorganizmlar, bakteriyalar va sporalar yo‘q qilinadi va konservalar uzoq vaqt — bir yil yoki undan ham ko‘proq saqlanishi mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.