Salomatlik Ayollar uchun Funchoza qanday tayyorlanadi? Uni tayyorlashda amal qilish kerak bo‘lgan nozik jihatlar

Funchoza qanday tayyorlanadi? Uni tayyorlashda amal qilish kerak bo‘lgan nozik jihatlar

O'qildi: 429


Funchoza qanday tayyorlanadi? Uni tayyorlashda amal qilish kerak bo‘lgan nozik jihatlar

Oilada kundalik menyuni kengaytirish oson bo‘lmasligi mumkin. Shunday taomlar borki, hamma iste’mol qiladi, lekin vaqti kelib, medaga tegadi. Turli xil salat hamda taomlar tayyorlash mumkin bo‘lgan funchozani qanday pishirishni bilib olish esa bekajonlar uchun ayni muddao. Uni turli xil souslar bilan ham iste’mol qilish mumkin, deb yozadi Wday.

Foto: Wday

Funchoza pishirish uchun qancha vaqt ketadi?

Funchozaning bir necha turdagilari mavjud bo‘lib, ular qalinligi bilan ajralib turadi. U guruch va kraxmaldan tayyorlanadi. Shuningdek, funchozani mashhur italyan taomlarining ajdodi bo‘lgan makaron turiga kiritadiganlar ham bor.

Funchoza bir-biriga yopishmasligi va yumshab ketmasligi uchun qanday pishirish kerak:

  • Qalinligi 0,5 mm dan kam bo‘lgan pasta qaynatilmaydi. U chuqur idishda qaynoq suv bilan dimlanadi. 3-5 daqiqadan so‘ng u shaffof bo‘lib, iste’mol qilishga to‘liq tayyor bo‘ladi. Uni yuvish yoki yog‘lash kerak emas. Sous, go‘sht, sabzavotlar bilan aralashtirib, dasturxonga tortish mumkin. Bundan tashqari, sho‘rvalarga pishirishning oxirgi bosqichida qo‘shish tavsiya etiladi.
  • Qalinroq funchozani ko‘p miqdorda qaynoq suvda qaynatish kerak. Pishirish vaqti shaffof bo‘lgunga qadar 2-4 daqiqa davom etadi.
  • Pishirish vaqtini o‘zgartirmaslik kerak. Funchoza me’yorda pishishi, ammo o‘ta yumshab ketmasligi kerak.
Uy sharoitida funchoza qanday tayyorlanadi: umumiy qoidalar

To‘g‘ri pishirilgan funchoza ko‘plab nafis va ekzotik taomlarning asosidir. Uni tayyorlash odatdagidan biroz farq qiladi:

  • funchoza juda ko‘p miqdordagi suvda qaynatib olinadi, shu bilan birga kuchli qaynatish kerak;
  • suvga bir qoshiq o‘simlik yog‘i qo‘shiladi: bu mahsulotning bir-biriga yopishmasligiga yordam beradi;
  • funchozadan qancha iste’mol qilinsa, shuncha pishirish kerak, chunki saqlash vaqtida funchoza bir-biriga yopishadi va yeb bo‘lmaydigan holatga keladi;
  • tayyor bo‘lgan funchoza yengil kulrang hamda shaffof ko‘rinishda bo‘ladi;
  • mahsulot qadog‘iga e’tibor berish kerak, unda pishirish vaqti yoki ma’lum turdagi funchozani tayyorlashning boshqa usuli ko‘rsatiladi.
  • pishgan mahsulot muzdek suv oqimi ostida yuviladi, bu uni tezda sovitish imkonini beradi;
  • funchoza faqat pishirilgan holatdagina maydalanishi mumkin, uni spagetti kabi pishirmasdan avval sindirib bo‘lmaydi.
Ushbu oddiy qoidalarga rioya qilish orqali uyda ham ekzotik taomlar tayyorlashni tezda o‘rganish mumkin.

Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.