Salomatlik Ayollar uchun Uy tozalashda mebel va jihozlarga zarar yetkazadigan 7 ta odat

Uy tozalashda mebel va jihozlarga zarar yetkazadigan 7 ta odat

O'qildi: 341


Uy tozalashda mebel va jihozlarga zarar yetkazadigan 7 ta odat

Qanchalik ko‘p harakat qilinmasin, uy hali ham tartibga kelmayaptimi? “Noviy ochag” nashri keng tarqalgan tozalash xatolari haqida so‘z yuritadi. Chunki quyidagi kamchiliklar uyni tozalashga va qulaylik yaratishga to‘sqinlik qiladi, aksincha, pol, kafel, mebellar va maishiy texnikalarga ham zarar yetkazishi mumkin.

Foto: “Noviy ochag”

Changni quruq artib olish

Changni tozalash, albatta, yaxshi narsa, lekin quruq latta bilan changni tozalash foydasizdir. Chang javonlar yuzasidan artiladi, ammo boshqa sirtlarga joylashadi: pol, choyshablar, gilamlarga va yumshoq mebellarga — shu tarzda uy ichida aylanib yuradi. Xulosa oddiy, har doim changni nam mato bilan artib olish kerak. Kompyuter va televizor ekranlari va namlik mumkin bo‘lmagan ba’zi maxsus sirtlar bundan mustasno.

Polni nam mato bilan yuvish

Ma’lumki, ko‘p miqdordagi namlik yog‘och pol yoki laminat uchun mumkin emas. Suv butunlay qaytarib bo‘lmaydigan zararga olib kelishi mumkin. Bunday narsalar kafel pollar uchun ayni muddao, lekin yog‘och uchun emas, bu pollarning deformatsiyasi va shishishiga olib kelishi mumkin. Agar polda singan yoki yoriqlar bo‘lsa, ortiqcha suv ichkariga kirib, yog‘ochga zarar yetkazadi. Shuning uchun, asosiysi pollar iflos bo‘lguncha kutmasdan, tez-tez o‘ta nam bo‘lmagan holatda artilishi kerak.

Hech qachon yostiqlarni yuvmaslik

Choyshabni haftada bir marta almashtirish kerak, bunisi ma’lum, lekin yillar davomida tozalanmasdan qolib ketgan va shunchaki o‘zida milliardlab bakteriyalarni to‘plagan yostiq-chi?Aksariyat yostiqlarda yuvish bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud, ammo ko‘pchilik bunga e’tibor bermaydi. Yostiq jildlariga qarab ham undagi sariq, chiziqlar va dog‘larni ko‘rish mumkin. Shuning uchun har 3-6 oyda kir yuvish mashinasida yostiqlarni ham yuvish va yangilarini sotib olayotganda, ularni bir necha oyda yuvish kerakligini darhol hisobga olish lozim.

Maishiy texnika haqida unutib qo‘yish

Haqiqat shundaki, uyni tozalash, idishlarni yuvish yoki yuviladigan barcha jihozlar muntazam parvarishni talab qiladi. Ammo har 3 yilda uskunani yangisiga o‘zgartirish imkoni bo‘lsa ham, buni hech kim eslamaydi. Ammo filtri tiqilib qolgan va xaltasi to‘lib qolgan changyutgich changni yomonroq tortadi, kir yuvish mashinasi yoki idish-tovoq mashinasi ham vaqti kelib  eskiradi. Bularning barchasi, qo‘shimcha ravishda, vaqt hamda energiya yo‘qotishlariga va yuqori elektr to‘lovlariga olib keladi. Masalan, yuvilgandan keyin kiyimdan mog‘or hidi kela boshlasa, demak, kir yuvish mashinasidagi muammoni hal qilish vaqti kelgan.

Yoritish moslamalariga e’tiborsizlik

Xona lampochkalari kuyib qolgan va tez-tez almashtirishni talab qilgan bo‘lsa, uzoq muddatli tejamkor lampalar ko‘p vaqt davomida buni unutishga imkon beradi. Chiroq qanchalik eski bo‘lsa, unda chang ko‘proq to‘planadi va bu nafaqat yoqimsiz, balki yong‘inga ham olib kelishi mumkin.

Taxtakachlarni sovun bilan yuvish

Aksariyat bekajonlar oshxona taxtakachini idish-tovoq geli bilan yuvadi. Issiq suv va yuvish vositalari yog‘och va plastmassa taxtalarida to‘plangan xavfli bakteriyalar bilan kurasha olmaydi. Nojo‘ya ta’sirning oldini olish uchun xom go‘sht va baliqni uchun ishlatiladigan taxtakachlarni haftada kamida bir marta dezinfeksiya qilish kerak. Eng samarali usul — ularni 20-30 daqiqa davomida oqartirgichga bo‘ktirib qo‘yish.

Quyoshli kunda derazalarni yuvish

Buning sababi shundaki, shisha to‘g‘ridan to‘g‘ri quyosh nurida tez quriydi va barcha sa’y-harakatlarni inkor etadigan yoqimsiz chiziqlar va dog‘lar qoladi. Derazalarni bulutli havoda, ayniqsa ertalab harorat 20 darajadan yuqori bo‘lmaganda tozalash kerak.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.