Bir soat ichida butun uyni tozalashga yordam beradigan 5 ta layfxak
Tozalash kompaniyalari ishni yotoqxona, hammomdan tozalashni boshlash, keyin oshxona va mehmonxonaga o‘tishni tavsiya etadi. Agar har bir hududga 10-15 daqiqadan ko‘proq vaqt sarflansa, haqiqatan ham bir soat ichida hammasiga ulgurish mumkin.
Foto: “Lisa.ru”Yotoqxona
Birinchi bo‘lib ishni eski choyshablarni almashtirishdan boshlash lozim, so‘ng barcha keraksiz narsalarni shkafga joylashtiring. Bu xonani yanada saranjom qiladi. Negaki, yotoq o‘rnini tartibga solish va choyshablarni tekislash xonadagi ishning deyarli yarmi hisoblanadi.
Ikkinchi bosqich changga qarshi kurashishdir: avval yuzalar quruq mato bilan artib olinadi, xonadagi chiqindilar to‘g‘ridan to‘g‘ri yerga tashlanadi. Xona bo‘ylab shoshib yurish emas, balki soat yo‘nalishi bo‘yicha harakat qilish kerak. Xonadagi ko‘zgu, shkaf va boshqa jihozlar artilgach, poldan chiqindilar terib olinadi va changyutgich yordamida xonadagi so‘nggi tozalash ishi amalga oshiriladi.
Hammom
Vanna, rakovina, kafel va hojatxonaga ular uchun mos bo‘lgan tozalash vositasi quyib chiqiladi va 5-7 daqiqaga qoldiriladi. Bu vaqt ichida hojatxona o‘rindig‘i va boshqa chang yig‘iladigan joylarni quruq latta bilan artib olish mumkin. Ko‘zgu ham maxsus eritma bilan tozalanadi. Ish so‘ngida barcha jihozlar kimyoviy moddalardan gubka yordamida artib olinadi.
Oshxona
Agar idish yuvish mashinasi bo‘lsa, barcha yuvilmagan idishlarni unga joylashtirish kerak, bo‘lmasa, doimiy rakovinaga. Avval oshxona yuzalaridan barcha keraksiz narsalar olib tashlanadi: ularning ba’zilari shkafga, boshqalari esa chiqindi qutisiga. Stoldagi narsalar qancha kam bo‘lsa, xona shuncha toza ko‘rinadi.
Yog‘ tozalash vositasi pech va uning eshigiga qo‘llanadi. Ishlayotganda, chang quruq mato bilan artib olinadi. Pechdagi barcha dog‘lar nam gubka bilan tozalanadi. Oxirgi ish pol bo‘lib, uning yuzasi dastlab chiqindilardan tozalanadi, so‘ngra yaxshilab yuviladi.
Mehmonxona
Xonadagi betartib narsalar avval o‘z joyiga qo‘yiladi. Parda, shkaf, televizor va mehmonxonada joylashgan barcha jihozlar changi artib chiqiladi. So‘ngra changyutgich yordamida pol tozalanadi. Agar mehmonxona tez-tez tozalab turilsa, polni artishning keragi yo‘q.
Yo‘lak
Mavsumga qarab yo‘lakda buyumlar olib tashlanadi. Oyoq kiyimlar ham shunday tarzda saralanadi. So‘ngra yo‘lakdagi keraksiz qog‘oz yoki boshqa ko‘zga ko‘rinadigan buyumlar ham olinadi va pol changyutgich bilan tozalanadi.
Manba