Bella Hadid karantinda xudbin bo‘lmaslik va do‘konda hojatxona qog‘ozlarini talashmaslikka chaqirdi
Model Bella Hadid o‘zining Instagram sahifasida koronavirus karantini vaqtidagi o‘y va fikrlari bilan bo‘lishdi, deb yozadi “Bura 24/7” nashri. Avvalroq Milan va Parijdagi modalar haftaligida ishtirok etgan Bella bir necha kundan beri o‘zini-o‘zi izolyatsiya qilgan.
Foto: Google Images“Mehribon, hurmatli va e’tiborli bo‘ling. Albatta, ijtimoiy masofa saqlanishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri yosh va sog‘lom odamlar bilan bog‘liq emas. Hozir xudbinlikning vaqti emas, immuniteti pastligi sabab zararlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan kishilarga diqqatli bo‘ling.
Virus tarqalishini sekinlashtirish uchun ushbu davrga jiddiy yondashish muhim. Men befarq bo‘lgandan ko‘ra, ortiqcha munosabat bildirgan yaxshiroq, degan bo‘lardim. Iltimos bunday vaqtda axloqiy kompasingizni yoqiq saqlang va boshqalarga mehr-shafqatli bo‘ling. Agar do‘konda, keksa ayol bilan hojatxona qog‘ozini talashayotgan bo‘lsangiz, unda siz nohaqsiz va muammoni hal qilish uchun hech nima qilmayapsiz. Mehr-muhabbat ulashing, ana shunda olam kasallikdan forig‘ bo‘ladi. Asta-sekin, lekin albatta tuzaladi… Hamon ishlayotgan insonlar, sizlarga rahmat, men siz haqingizda o‘ylayapman. O‘zingizni asrang, men sizlarni yaxshi ko‘raman”, — deb yozgan Bella.
Manba