Bola xudbin bo‘lib o‘smasligi uchun nima qilish kerak?
O'qildi: 422
Ota-onalar yosh bolaning qanday odam bo‘lib o‘sishi, nimalarga erishishi, qanday hayot yo‘lini tanlashi to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydilar. Shuningdek ular farzandining qanday shaxsiy fazilatlarga ega bo‘lishi va bu fazilatlar uning keyingi hayotini va boshqa odamlar bilan muloqotini yengillashtirishi uchun nimalar qilish kerakligini ham o‘ylashadi.
Foto: “Woman.ru”Nima uchun bolalar xudbin bo‘lishadi?
Yosh bolalarga qarasangiz ularning hammasini xudbin deb o‘ylaysiz. Har biri o‘yinchoqlarni o‘z tomoniga tortishga harakat qiladi, hammasi ham aynan shu arg‘imchoqda uchgisi keladi. Aslida bolalar xudbin emas, lekin maktabgacha bo‘lgan yoshda ularning hammasi manman bo‘ladilar. Bu o‘sishning normal bosqichi hisoblanadi.Keyinchalik, o‘smir yoshiga kelib tarbiya va shaxsiy fazilatlar kuchi ta’sirida bolalar yoki xudbin, yoki g‘amxo‘r, yoki ikkalasini ham o‘zida birlashtiruvchi shaxs bo‘lib yetishadilar.
Nimalar bolada xudbinlik shakllanishiga olib keladi?
- Bola shaxsi ahamiyatining mubolag‘a qilinishi. Sababsiz maqtamang, bolaning haqiqiy yaxshi fazilatlari to‘g‘risida esa jim turmang.
- Bolaga o‘z pragmatik nuqtai nazarini va o‘z istaklarini majburlab o‘tkazish motivatsiyani va hayotga qiziqishni kamaytiradi.
- Zarur ishlarni bolalar o‘rniga bajarish ularni o‘z tashabbuslaridan mahrum qiladi.
- Axloqiy normalar deklaratsiyasida ota-onalarning shaxsiy o‘rnak ko‘rsatishi. Bunday holatda fikrlarning ichki to‘qnashuvi tufayli bolalarning axloqiy tasavvurlari noaniq bo‘lib qoladi.
- Bolalarni sotib olish: uydagi ishlar, maktabdagi baholar uchun to‘lov. Bunday vaziyatda bola o‘zining qiliqlariga emas, balki ularning narxlariga qiziqa boshlaydi.
- Mayda g‘amxo‘rliklarni to‘xtating(uxlab qolmasligi uchun ertalab uyg‘otish; zarur ishlarini eslatish; dars tayyorlayotganda yonida o‘tirish va shunga o‘xshash).
- Bolaga mustaqil tanlash va qaror qabul qilishga imkoniyat bering.
- Uyda uni faqat o‘z-o‘ziga emas balki boshqalar uchun ham xizmat qilishga o‘rgating.
- Faqat o‘zining ishlari bilan emas, balki do‘stlarining yutuqlari bilan ham qiziqing. Uning do‘stlariga bo‘lgan ijobiy baholariga rag‘bat bildiring.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.