Kun bo‘yi mudrab yurmaslik uchun nima qilish kerak? 7 maslahat
Surunkali uyquchanlik hayotning barcha jabhalariga ta’sir o‘tkazmay qolmaydi: ishdagi topshiriqlar vaqtida bajarilmaydi, uy yumushlariga, do‘stlar bilan hordiq chiqarishga mador yetmaydi. Karantin vaqtida uyquga berilish avjiga chiqqaniga ishonchimiz komil. Harper’s Bazaar nashri ko‘pchilikni qiynaydigan ushbu muammoga yechim bo‘ladigan tavsiyalar bilan bo‘lishdi.
Foto: NuvannaMe’yordan kam uxlamang
Aytilaverib siyqasi chiqib ketgan fakt: inson bir sutkada 7 yoki 8 soat uxlashi kerakligi haqida yaxshi bilamiz, lekin amal qilishga kelganda jiddiy qaramaymiz. Shunchalik bandligimizdan vaqtimizni uyquga sarflashga ko‘zimiz qiymaydi. Biroq bir narsani yodda tutish kerak, chala uxlab ishlarni, vazifalarni ham chala qoldirgandan ko‘ra tiniqib uxlab, hammasini o‘z vaqtida do‘ndirgan yaxshi.
Karavot faqat uxlash uchun
Karavotda film ko‘rish, kitob o‘qish va ishlashni bas qiling. Psixologlar bir ovozdan karavotni faqatgina uxlash uchun ekanini ta’kidlaydi. Ularning aytishiga qaraganda, uyqu va ish uchun bir joydan foydalanish oqibatida dam olish va tetiklik o‘rtasidagi psixologik chegara buziladi. Qarabsizki, na ishda samara bo‘ladi, na uyquda.
Foto: “Krasnodar”Barvaqt turing
Har tong bir vaqtda uyg‘onishga odatlaning. Bu o‘z-o‘zidan kechasi ertaroq uxlashingizga yordam beradi. Bunda tanadagi tabiiy ritm normallashib, kun davomida inson o‘zini tetik va yaxshi his qiladi.
Ovqatlanishingizga e’tiborli bo‘ling
O‘zingizni qanday his qilishingizda faqatgina uyqu necha soat bo‘lgani emas, nima tanovul qilayotganingiz ham muhim rol o‘ynaydi. Vaqt yo‘qligini bahona qilib, bir finjon qahva va kruassan bilan cheklanmasdan to‘yimli va foydali mahsulotlardan tayyorlangan nonushta qiling. Nonushta kunlik energiya manbai hisoblanadi va siz kunning birinchi yarmida iste’mol qilgan taom kun davomida sizga kuch va energiya beradi. Taomnomangizda tuxum, meva va sabzavotlar albatta bo‘lsin, shuningdek, ko‘p suyuqlik, limonli suv, sharbat ichishni ham kanda qilmang.
Manba