Salomatlik Ayollar uchun Kitob o‘qimay qo‘ygan insonda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Kitob o‘qimay qo‘ygan insonda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

O'qildi: 370


Kitob o‘qimay qo‘ygan insonda qanday o‘zgarishlar kuzatiladi?

Dunyodagi eng yaxshi kinozal miya ekanini yaxshi kitob o‘qish davomida tushunib yetish mumkin. Kitobxon esa sevib o‘qigan asaridagi voqealarni o‘z boshidan kechirgandek bo‘ladi. Kitob o‘qimay qo‘ysa-chi, nima bo‘ladi?Quyida ushbu savolga javob beramiz.

Foto: We Heart itSo‘z boyligi kamayadi

Kitob o‘qish nafaqat dunyo qarashni kengaytiradi, balki savodxonlikning ortishi, yozma va og‘zaki nutqning boyishiga sabab bo‘ladi. Kitob o‘qiydigan odam, qayerda, qachon, kimga qanday gapirish kerakligini yaxshi biladi va kamdan kam fikrini ifodalash uchun so‘z topolmay qoladi. Kitob o‘qiydigan insonlar bilan suhbatlashish, fikr almashish maroq beradi.

Xotira pasayadi, miya faol ishlamaydi

Miyaning chap yarim sharida so‘zlar va ma’lumotlar bilan bog‘liq operatsiyalar amalga oshiriladi, o‘ng yarim shar esa vizualizatsiya va tasavvurga javob beradi. Kitob o‘qish davomida esa miyaning ikki yarim shari ham faol ishlaydi. IQ darajasini oshirish, anglash va tasavvur oshishiga sabab bo‘ladigan kitobga shuning uchun ham eng yaxshi miya trenajyori deb ta’rif bersa bo‘ladi. Muntazam kitob o‘qish natijasida ma’lumotlarni saqlash uchun ahamiyatli bo‘lgan yangi neyronlar shakllanadi va bu o‘z navbatida xotira yaxshilanishida muhim rol o‘ynaydi.

Foto: Pinterest

Miya va qalb oziqadan bebahra qoladi

Yaxshi kitobda hamisha o‘yga toldiradigan savollar va vaziyatlar bo‘ladi. Yashashdan ma’no nimadaligi, global va jamiyatdagi mavjud muammolar, kishilar o‘rtasidagi munosabatlar — qahramonlar obrazida ko‘rsatib yoki muallif tomonidan ochiqlanib berilishi o‘quvchida insoniylik, befarq bo‘lmaslik va vaziyatga ongli ravishda yondashishga undaydi. Miriqib o‘qilgan kitob miyani oziqlantiradi, qalbga malham bo‘ladi, insonning shaxs sifatida shakllanishi, olamni anglashi va o‘zligini topishga urinishiga turtki beradi.

Shaxsiy fikriga ega bo‘lmaydi

Kitob o‘qimaydigan inson o‘zining emas, atrofdagilar fikri bilan yashaydi, ayrim insonlar ko‘rsatmasiga asosan hayoti qanday o‘tib ketib qolganini ham bilmay qoladi. Kitobsevar inson nafaqat o‘zini, balki atrofdagi insonlarni tushunishga harakat qilib, shu bilan birga o‘z shaxsiy fikri va pozitsiyasiga ega bo‘ladi, kimlardir xohlagani uchun noto‘g‘ri deb bilgan ishlarni bajarmaydi. Kitob o‘qiydigan insonlar muammolar yechimiga boshqacha yondashadi, taxmin va subyektiv qarashlardan ko‘ra aniq qilinishi kerak bo‘lgan rejalar asosida vaziyatga real baho beradi.

Foto: Pinterest

Avlodlar saviyasiz bo‘lib qoladi

Kitob orqali muallif va o‘quvchi o‘rtasida muloqot bo‘lib o‘tadi. Yozuvchi aytmoqchi bo‘lgan fikrlarini so‘zlar va voqealar rivoji orqali avlodlarga yetkazib beradi. Kitob o‘qish davomida o‘quvchi muallifning fikrlari va hayotga bo‘lgan qarashi haqida tushunchaga ega bo‘lish, davrlararo istalgancha sayohat qilish imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avlodlarga insoniyat va kishilar tomonidan qilingan xato va yanglishliklarga chetdan qarab baho berish va uning yakuni qanday tugaganini tahlil qilib, kelajakda takrorlamaslik uchun dars bo‘ladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.