Salomatlik Ayollar uchun Ayollarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiruvchi 10 ta film (foto)

Ayollarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiruvchi 10 ta film (foto)

O'qildi: 561


Ayollarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiruvchi 10 ta film (foto)

Har bir inson hayotida o‘ziga bo‘lgan ishonch yo‘qoladigan, tushkunlikka tushadigan va o‘zini ilojsizdek his qiladigan lahzalar bo‘ladi. Bunday vaqtda depressiyaga tushib o‘tirmasdan hammasini yangidan boshlash yoki davom ettirish mumkinligini anglashga yordam beradigan kitob o‘qish, qo‘shiq tinglash yoki film tomosha qilish tavsiya qilinadi.

“Ledi”(2011)

Foto: AdMe

Nobel mukofotining laureati, myanmalik siyosatchi Aun San Su Chjin va uning turmush o‘rtog‘i Maykl Eyrisning sevgi tarixi haqida hikoya qiladigan film Lyuk Besson tomonidan suratga olingan. Film voqealari 1990-yilda yuz beradi va bosh qahramon mamlakatdagi tartibsizliklardan siyosiy o‘zgarish qilish kerakligini tushunib, demokratik islohotlar qilishga kirishadi. “Ledi” har bir inson dunyoni o‘zgartirishga qodir ekanligi haqida xulosa chiqarishga yordam beradi.

“Sonita”(2015)

Foto: AdMe

Eronlik rejissor tomonidan suratga olingan ushbu film afg‘onistonlik qochoqlar haqida hikoya qiladi. Ota-onasi tomonidan ikki marta majburlab turmushga berib yubormoqchi bo‘lgan Sonita ismli qiz yashirin tarzda “Sotiladigan kelinlar” nomli qo‘shiq yozadi va ushbu qo‘shiq mashhurlikka erishadi. Hayotiy voqealik asosida suratga olingan ushbu filmi uchun ssenariy bo‘lmagan, rejissor Sonita bilan tasodifan uchrashib qolgan va u bilan bog‘liq voqea asosida film olishga qaror qilgan. Ushbu kino olg‘a intilsa va taslim bo‘lmasa, ilojsiz narsaning o‘zi yo‘q ekanligini tushunib yetishga yordam beradi.

“Burgut ovlovchi”(2016)

Foto: AdMe

Ushbu hujjatli film burgut ovchisi bo‘lishni istaydigan 13 yashar Aysholpan ismli qiz haqida hikoya qiladi. Ammo Mo‘g‘ulistonda burgut ovlash faqatgina erkaklarga ruxsat berilgan. Taqiqlarga qaramay, Aysholpanning otasi qizini “Oltin burgut” musobaqasiga ishtirok etish uchun tayyorlaydi. Filmni tomosha qilgandan keyin orzu qilsa va ishonch bo‘lsa, bunday insonni hech nima sindirib bo‘lmasligini yana bir bor anglash mumkin.

“Go‘zal qizning surati”(2008)

Foto: AdMe

Koreyalik rassomning ikki farzandi qiz va o‘g‘li bo‘ladi. Otasi o‘g‘lining oilaviy rassomlik kasbini davom ettirishini istaydi. Ammo, o‘g‘lining rasm chiqishga iqtidori bo‘lmaydi, qizi es tug‘ma iste’dodli bo‘ladi. Bu vaqtda Koreyada ayollarga san’at bilan shug‘ullanish man qilingani sabab qiz chizgan suratlarini akasining nomidan taqdim qilinadi. Qiz rassomlik akademiyasiga o‘qishga kirib, u yerda o‘zini o‘g‘il bola qilib ko‘rsatishiga to‘g‘ri keladi. Qiziq sujetga ega bo‘lgan ushbu film maqsadga erishish uchun cheklanmaslik kerakligini tushunib yetishga turtki bo‘ladi.

“Padmavati”(2018)

Foto: AdMe

Hindistonning yarmini fath etishga muvaffaq bo‘lgan sulton, Ratan Singxning rafiqasi Pradmavatisiz odamlar ko‘zi o‘ngida hech qachon haqiqiy hukmdor bo‘lolmasligini tushunib yetadi va uni qo‘lga kiritishga harakat qiladi. Film irodani kuch ishlatib yengib bo‘lmasligining isboti.

“Shodlik va omad klubi”(1993)

Foto: AdMe

Film Xitoydan AQShga ko‘chib borgan to‘rt nafar ona va uning qizlari haqida hikoya qiladi. Ko‘chib borgan ayollar shodlik va omad klubiga asos soladi. Klub ishtirokchilari majong o‘yini o‘ynaydi va hikoyalari bilan bo‘lishadi. Film hayotda faqat ayollarning o‘zi qaror qilishi kerak bo‘lgan narsalar bor ekanligini anglashga undaydi.

“Mo‘jiza”(2014)

Foto: AdMe

Italiyaning janubidagi odamlardan uzoqda yashaydigan oila boshi, 4 nafar qiziga asal ishlab chiqarishni davom ettirishni o‘rgatadi. Hammasi suratga olish jamoasi oila yashaydigan hududga kelib realiti-shou o‘tkazish va g‘olibga pul taklif qilganidan keyin o‘zgaradi. Qizlardan biri shouni suratga olish jarayoniga guvoh bo‘lgach, dunyo ularning tasavvuridan kengroq ekanini tushunib yetadi hamda opa-singillarini shouda ishtirok etishga ko‘ndirmoqchi bo‘ladi.

“Polina”(2016)

Foto: AdMe

Moskvada yashaydigan oila oson bo‘lmagan bir vaqtda bor kuchini sarflab qizini balerina bo‘lishiga ko‘maklashadi. Faoliyatini Yevropada davom ettirishni istab Fransiyaga ketgan qiz bir qancha qiyinliklarga duch keladi va eng og‘iri nima xohlayotganini o‘zi ham bilmaslik ekanini tushunib yetadi. O‘zligini topishga urinayotganlar uchun “Polina”ni tomosha qilish tavsiya qilinadi.

“Qor guli va sirli yelpig‘ich”(2011)

Foto: AdMe

Bolaligidan buyon do‘st bo‘lgan ayollar haqidagi ushbu film shu nomli kitob asosida suratga olingan bo‘lib, unda opa-singildek bo‘lib qolgan dugonaning turli fe’l-atvorga ega ekanligiga qaramay, turli vaziyatlarda ham bir-biriga sadoqat va sevgisini yo‘qotmasligi aks ettirilgan. Filmni tomosha qilish jarayonida hamma narsa o‘zgarishi, ammo insonlar o‘rtasidagi sevgi shundayligicha qolishiga amin bo‘lish mumkin.

“Aqlbovar qilmas badavlat osiyoliklar”(2018)

Foto: AdMe

Xuddi shu nomli bestseller kitobning ekranizatsiyasi bo‘lgan filmda Nyu-York universiteti professori Reychel va uning yigiti Nik bilan bog‘liq voqealar haqida hikoya qilinadi. Singapurga eng yaqin do‘stining to‘yi uchun birga borgan Reychelni, Nik oila a’zolari bilan tanishtiradi. Haddan ortiq badavlat oila a’zolari bilan tanishish jarayonida Nikning onasi mavjud odatlarga ko‘ra birinchi oila bo‘lishi kerakligini aytadi. “Boshqa olamdan” kelgan va maqsad va qarashlari birinchi o‘rinda bo‘lgan Reychel uchun buni tushunish oson bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan qiz odamning kelib chiqishi emas juftiga bo‘lgan munosabati ekanligini isbotlashga harakat qiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.