Dam olmasdan uzluksiz ishlash inson organizmiga qanday ta’sir o‘tkazadi?
Inson gohida ochlik hissini tuymasa-da, ma’lum bir soatlarda o‘zini ovqatlanish uchun majburlaydi. Demak, dam olish ham organizm uchun juda muhim bo‘lib, buning miqdori belgilangan va shu vaqtda inson jismoniy va ma’anaviy tomondan hordiq chiqarishi zarur.
Inson dam olmasa, uning holatida qanday o‘zgarish yuz beradi?
Zamonaviy insonning muammolaridan biri vaqt ajrata olmaslikdir. Inson har doim biror narsa qilishga vaqti yo‘qligidan qo‘rqadi, dangasalik yomon ekanligi bolalikdan ma’lum. Shuningdek, jismoniy jihatdan dam olish nima ekanligini bilmaydigan ko‘plab insonlar mavjud. Dam olishsiz ish faoliyatini olib borayotgan inson organizmida qanday o‘zgarishlar yuz beradi?
Ish samaradorligi pasayadi
Surunkali charchagan odam juda sekin ishlay boshlaydi. Diqqatni jamlay olmaydi. Yarim soat davomida ekranga tikilib, qandaydir arzimas narsalar haqida o‘ylayotganini darhol tushunishi qiyin kechadi. Yoki umuman hech narsa haqida o‘ylamaydi. O‘z-o‘zini nazorat qilishga kuchi yetmaydi, miya dam olishiga yo‘l qo'ymaslik uchun barcha moyilliklarni to‘sib qo‘yadi.
Qo‘shimcha ish soatlari mehnat unumdorligini pasaytirishi isbotlangan. Bundan tashqari, agar har kuni muntazam ravishda ishlashda davom etilsa, kasbiy charchash holati yuzaga keladi.
Ko‘proq xatolarga yo‘l qo‘yiladi
Charchoq ish konsentratsiyaning pasayishiga olib keladi. Olingan natijalarni diqqat bilan qayta o‘qish, qayta tekshirish, qayta hisoblashning imkonsizligi xatolarga olib keladi. Tizimli ravishda ortiqcha ishlagan odamlar muqarrar ravishda ko‘proq xato qiladi.
Uyqu rejimi buziladi
Ko‘pchilik ortiqcha ishlab, uyqusizlik degan kasallikni orttiradi. Charchagan odamning uxlab qolishi osonroq tuyilishi mumkin, chunki organizm tom ma’noda shuni xohlaydi, ammo uyqusizlik asta-sekin paydo bo‘ladi.
Sababi haddan tashqari charchagan miya muammolarni hal qilish variantlarini uzoq vaqt davomida izlashi mumkin, ish haqidagi fikrlar o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Natijada miya uyg‘onadi va noto‘g‘ri ritmga o‘tadi.
Ko‘pincha surunkali ravishda yetarlicha uxlamaydigan odamlar turli xil ish jarayonini tushida ko‘rganini aytadi. Bir tomondan bu ajoyib, chunki Mendeleyev ham o‘z jadvalini tushida ko‘rgan. Boshqa tomondan esa sog‘liq uchun turli xil oqibatlarga tayyor bo‘lish kerak.
Surunkali stress va ortiqcha vazn
Kuniga 24 soat ishlash rejimi, istalgan vaqtda kompyuterda o‘tirish va ishlashga tayyorlik surunkali stressga olib keladi. Natijada gormonal fon azob chekadi, yaxshi kayfiyat, hayotdan zavqlanish qobiliyati, yaxshi ko‘rish va hokazolar uchun javobgar bo‘lgan gormonlar tezda yo‘qotila boshlaydi. Metabolizm sustlashadi va bu vaznga sezilarli ta’sir qiladi. Ko‘pgina tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, inson qanchalik kam uxlasa, vazn yig‘ish xavfi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Qanday qilib dam olish kerak?
Hech kim qanday qilib dam olishni o‘rgatmaydi. Aksincha, dangasalik va bekorchilik yomon ekanligi qayta-qayta tushuntiriladi. Ammo hozir psixologlar dangasalik va bekorchilik ham samaradorlik kabi muhim ekanligini ta’kidlaydi. Chunki aynan dangasalik ortiqcha ish tufayli energiya tugab qolganidan darak beradi. Aytgancha, hech narsa qilmaslik lahzalarida miyaga qiziqarli g‘oyalar keladi.
Juda ko‘p xavotirlanish
Odatda inson xavotir va tashvishga tushib qoladi. Hattoki uyidan biroz uzoqqa ketgan vaqtida ham xayolida chiroq yoki dazmolni elektr tokidan uzgan yoki uzmaganligi haqida o‘ylaydi. Umuman olganda, hamisha qandaydir gumonlar ichida yashaydi. Lekin mutaxassislar rohatlanib yashashni tavsiya etadi. Ming xavotirlanish bilan uzoqdagi hech narsa o‘zgarib qolmaydi. Shuning uchun ko‘proq toza havoda sayr qilish, suhbat qurish yoki biror qiziqarli mashg‘ulot bilan shug‘ullanish lozim.
O‘zi uchun pul sarflashni yomon ko‘radi
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu kabi insonlar o‘zini past baholaydi, bu esa vijdoni pok odamning o‘ziga pul sarflashiga yo‘l qo‘ymaydi. Shu jumladan, ta’til uchun ham. Ammo bu ko‘pincha kvartira, mashina sotib olish yoki barcha pullarini biznesga investitsiya qilish kabi super vazifalarni qo‘yishga odatlangan odamlar bilan sodir bo‘ladi. Bularning barchasi nima uchun?Kelajak uchunmi? U qachondan boshlanadi?
Inson dam olsa, go‘yoki ishi barbod bo‘ladi
Shuning uchun dam olish kunlarida ham ishlashga tayyor bo‘ladi: maslahat berish, muammolarni tushunish, hamma narsani tashlab, ofisga yoki uchrashuvga borish. Afsuski, ish sizsiz ham davom etaveradi.
Hammasini rejaga muvofiq qilish
Inson o‘zini mukammal deb biladi, shuning uchun hammasini rejaga muvofiq bajaradi. Hatto erkin dam olish kunida ham barchasi rejaga asosan bo‘lishi lozim. Masalan, chipta olish, xona buyurtma berish va shunga o‘xshash yumushlar. Natijada bunday insonlar hordiq chiqarish uchun emas, balki ish yuzasidan safarga ketayotganga o‘xshaydi.
Shuningdek, bunday insonlar agar ta’tilga oilasi yoki kompaniya bilan birga chiqsa, vaziyat yanada og‘irlashadi. Chunki endi hammaning manfaati hisobga olinadi. Ta’tilga birgalikda chiqqan har bir ishtirokchiga g‘amxo‘rlik qilish ortidan inson o‘zining imkoniyatlari tugayotganini sezmaydi ham.
Nima istayotganini bilmaslik
Ehtimol, ishdagi g‘ayrat bu inson o‘zi nima xohlayotganidan qochishning bir usulidir?Balki, bu toifa insonlar o‘ziga kerak bo‘lgan narsalar haqida o‘ylashdan qo‘rqar? Yoki hayotda qoniqtirmaydigan narsalar haqida o‘ylashni xohlamaslikmi?Yo aslida nima istayotganini bilmaslikmi?
Shuning uchun ham inson vaqtida dam olishi kerak. O‘ziga va hayotiga alohida e’tibor qaratishi zarur. Oxir-oqibat ish deb atalgan qorong‘i yo‘lak oxirida yorug‘lik porlashi mumkin.
Mavzuga doir:
- Miya faoliyatini yaxshilashda yordam beradigan mahsulotlar
- Ko‘proq yuring: kuniga 10 ming qadam tashlashingizga yordam beradigan 5 ta tavsiya
- Kun bo‘yi bir joyda o‘tirganda organizmda qanday o‘zgarishlar sodir bo‘ladi?
Manba