Salomatlik Ayollar uchun Kendall Jennerdan 11 daqiqalik uy sharotida bajariladigan fitness mashqlar

Kendall Jennerdan 11 daqiqalik uy sharotida bajariladigan fitness mashqlar

O'qildi: 332


Kendall Jennerdan 11 daqiqalik uy sharotida bajariladigan fitness mashqlar

Kendall Jenner YouTube sahifasida, uy sharoitida qanday jismoniy mashqlarni bajarish mumkinligi bilan o‘rtoqlashdi. Elle nashrining yozishicha, modelning shaxsiy treneri Gunnar Peterson, Kendall uchun maxsus uy sharoitida bajariladigan mashqlar dasturini ishlab chiqqan.

Foto: Style and beautyhttps://youtu.be/1Qo8y0Or-mo

 

Dastur barcha muskullarni ishga solishga yo‘naltirilgan 13 mashqni o‘z ichiga oladi. Ular quyidagilardan iborat:

1. Tirsak bilan 30 soniya plankada turish.

2. Ikki qo‘lni tekis tutib 30 soniya plankada turish.

3. Yonlamachasiga 15 soniya plankada turish.

4. Yonlamachasiga plankada turib bo‘sh turgan qo‘l va oyoqni 5 martadan bukish.

5. Plankada turib 15 soniya davomida qo‘l va qarama-qarshi oyoqni ko‘tarish.

6. Harakatlanadigan planka.

7. Tizza bilan plankada turish.

8. Yotgan holda 20 marta gavdani ko‘tarish.

9. “Velosiped” mashqi — 30 soniya.

10. Vertikal bukilish mashqi ­– 20 soniya.

11. “Qurbaqa” mashqi — 15 marta.

12. Har bir oyoqni 15 martadan ko‘tarish.

Uyda bajarish uchun tuzilgan dastur ichiga olgan mazkur mashqlarni 11 daqiqada davomida bajarish mumkin.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.