Erinchoqlar uchun 5 daqiqalik mashqlar (video)
Bu tez bajariladigan mashqlar tanadagi hamma mushaklarni harakatga keltiradi, qonni yurishtiradi va quvvat beradi.
Foto: Depositphotos1-mashq. Super ayol
Tananing bukiluvchi mushaklari va son mushaklari ishlaydi.Qorin bilan yoting, oyoq va qo‘llaringizni baravariga ko‘taring. 15–20 marta bajaring.
2-mashq. Bukilish
Qorin mushaklari ishlaydi.Chalqancha yoting, oyoqlarni to‘g‘ri tuting, qo‘llarni boshingiz ustiga uzating. Avval qo‘llaringizni ko‘taring, keyin gavdani. O‘tiring, qo‘llaringizni oyoqning uchiga tegizing, keyin yana chalqancha yoting va qo‘llaringizni boshingiz uzra uzating. 10–15 marta takrorlang.
3-mashq. Teskari bukilish
Qorin va belni bukuvchi mushaklar ishlaydi.Chalqancha yoting, qo‘llarni tana bo‘ylab joylashtiring, oyoqlarni yerdan 45 darajali burchak ostida ko‘taring. Oyoqlarni buking va tosni yerdan sal uzgan holda tizzalarni ko‘krakka tomon torting. Boshlang‘ich holatga qayting. 10–15 marta takrorlang.
4-mashq. Yotgan holda oyoqni ko‘tarish
Son mushaklari ishlaydi.Qorin bilan yoting, boshni oldingizga bukilgan qo‘llarga qo‘ying. Oyoqni to‘g‘rilab ko‘taring va unchalik katta bo‘lmagan amplitudada prujinasimon harakatlar qiling. Har bir oyoqda 20 martadan bajaring.
5-mashq. Qo‘llarning burilishlari
Yelka mushaklari ishlaydi.- Qo‘llaringizni yon tomonlarga oching, yelkalarni yerga parallel holatda tuting, qo‘llarni tirsakdan 90 darajali burchak ostida buking. Panjalarni boshingiz bilan baravar holatda tuting.
- Yelkalar holatini o‘zgartirmasdan, bilaklarni pastga tushiring.
- Qo‘llarni yon tomonga to‘g‘rilang, tirsaklarni yuqoriga, barmoqlarni esa — pastga qiling.
- Bilaklarni pastga tushiring, qo‘llarni tirsakdan 90 darajali burchak ostida buking.
- Bilaklarni yuqoriga ko‘taring va mashqni yana 19 marta takrorlang.
Manba