AppStore’dagi hayot sifatini yaxshilashga hissa qo‘shadigan 6 dastur
Telefondagi ilova va dasturlar nafaqat kishi koriga yarashi, masofalarni qisqartirishi balki, asabni tinchlantirishi, sog‘lom turmush kechirishga ham hissa qo‘shishi mumkin.
Buddo — meditatsiya uchun dastur
Foto: ElleYoga singari mashhurlikka erishgan meditatsiya bilan shunchaki qiziqish sabab shug‘ullanishni boshlagan kishilar foydaliligini sezganidan keyin ushbu mashg‘ulotni kundalik odatga aylantirgan. Ushbu amaliyotni sinab ko‘rmoqchi bo‘lganlar uchun, asosan, ingliz tilidagi dasturlar bisyor. Sal avvalroq esa rus tilidagi Buddo dasturi ham taqdim qilindi. Mazkur dastur emotsiya va stressni nazorat qilish, har lahzadan bahra olish hamda har kuni baxtni his qilishni, shuningdek, diqqatni jamlashni o‘rgatadi.
Zero — interval ochlik uchun dastur
Foto: Elle2016-yilda yaponiyalik Yoshinori Ohsumi hujayralarni o‘z-o‘zini tozalash mexanizmini o‘ylab topgani sabab Nobel mukofotiga loyiq deb topilgan. Ma’lum bo‘lisha, ovqat tanaffus bilan tanovul qilinganda organizmning o‘zi ishlatilgan mikrobiologik strukturalardan qutulish imkoni mavjud. Ovqat iste’mol qilmaslik oralig‘idagi vaqt turlicha bo‘lishi mumkin, ammo ular orasida interval ochlik, ya’ni 8 soat tanovul qilish, 16 soat hech narsa yemaslik eng samarali hisoblanadi. Buncha uzoq vaqt davomida ovqatlanmaslikni imkonsiz deb o‘ylaydiganlar 16 soat ichiga uyqu kirishini ham hisobga olishi kerak. Nazorat qilish uchun ishlab chiqilgan Zero dasturining asosiy funksiyasi — yeyish mumkin bo‘lgan yoki bo‘lmagan vaqtni eslatib turishdan iborat. So‘nggi marta ovqat yeyilgan vaqtni belgilashning o‘zi bilan ham cheklansa bo‘ladi. Ammo dasturda ayni vaqtda qancha odam och ekanini ko‘rsatadigan rejim borligi sizga bu borada kuch berishi aniq.
Waterbalance — suv ichish kerakligini esga solib turadigan dastur
Foto: ElleInson kun davomida qancha miqdorda suv ichishi kerakligi haqidagi bahslar haligacha davom etib keladi. Miqdor borasida bir to‘xtamga kelinmagani bilan bir narsa aniq: inson organizmi uchun qahva, sharbat yoki boshqa suyuqlik emas, aynan suv juda ham muhim. Ofisda ishga sho‘ng‘ib ketganda suv ichish haqida unutib qo‘ymaslik uchun yoningizga suv to‘ldirilgan shisha idish va telefoningizga eslatma qo‘yib qo‘ying. Jinsingiz, bo‘y va vazningiz, shuningdek, yoshingizni hisobga olib, qancha suv ichish kerakligini eslatib turadigan Waterbalancedasturi bu borada sizga yordam bera oladi. Kuniga ikki litr suv ichmagan taqdiringizda ham teringiz namlanadi va ishtahangiz kamayadi.
Fatsecret — kaloriyani hisoblaydigan dastur
Foto: ElleDo‘konda siz duch kelgan yogurt o‘ramini telefon bilan skaner qilayotgan odam Fatsecret dasturidan foydalanayotgan bo‘lsa, ne ajab. Dastur nafaqat do‘kon, kafe va restoranlardagi mahsulot hamda yeguliklar kaloriyasini ko‘rsatadi, balki yosh, vazn, yosh hamda jinsdan kelib chiqqan holda siz uchun me’yor qanchaligini hisoblab beradi. Unda ovqatlanish kundaligini tutish, retseptlar bilan bo‘lishish va progress qanday bo‘layotganini kuzatish mumkin.
Diaro — shaxsiy kundalik o‘rnini bosadigan dastur
Foto: ElleDiaro’dan kundalik, sayohat jurnali va muhim voqealarni, shunchaki qayd qilish uchun foydalansa bo‘ladi. Barcha qaydlar kategoriya, geoteg va yozilgan sanalarga bo‘lingan bo‘lib, bu kerakli ma’lumotlarni tezda topish hamda u bilan bog‘liq hodisalarni yodga olishga yordam beradi. Suratlarni joylash imkoniyati mavjudligi xotiralarni yanada rang-barang bo‘lishiga sababchi bo‘ladi.
Noisly — tinchlanishga yordam beradigan tovushlar kolleksiyasi
Foto: ElleRanglar va tovushlar umumlashmasi sanalgan mazkur dastur, kishini ishga diqqat qilishi yoki aksincha, og‘ir ishdan keyin tinchlanishga yordam beradi. Aksariyat hollarda ushbu dasturdan asabni buzadigan shovqinlardan qutulish, uyqusizlikka qarshi kurashish uchun foydalaniladi. Yomg‘ir, tosh, suv, barglar shitirlashi va shunga o‘xshash tovushlarni o‘zini eshitish yoki xohishga qarab umumlashtirish mumkin.
Manba