Salomatlik Salomatlik Koronavirusdan keyingi reabilitatsiya: Organizm tezda tiklanishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Koronavirusdan keyingi reabilitatsiya: Organizm tezda tiklanishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

O'qildi: 365


Koronavirusdan keyingi reabilitatsiya: Organizm tezda tiklanishi uchun nimalarga e’tibor berish kerak?

Virus bilan kasallangan bemor sog‘lig‘ini qayta tiklashi uchun nimalarga amal qilishi kerakligi haqida “Toshkent shifokorlari” Telegram kanalida mutaxassis Lidiya Gurnikova ma’lumot beradi.

Foto: Getty Images

Nafas olish mashqlarini bajaring

Qo‘llarni qoringa qo‘ying. Burun orqali chuqur nafas olib chiqaring va ushbu mashqni 1 daqiqa davomida takrorlang.

Tik turgan holda mashq bajaring

Mazkur mashqni oshxona stoli oldida bajarish mumkin. Oyoq uchida turing va xavfsizlik uchun stolni qo‘llaringiz bilan ushlang. Bajarish davomida zo‘riqish kuzatilmasligi kerak. Mazkur mashq qon aylanishi, umumiy tonus va mushaklar mustahkam bo‘lishi uchun foydali.

Kasallikdan keyin, ayniqsa, keksa kishilarda harakatchanlikni oshirish va mushaklarning mustahkam bo‘lishi muhim sanaladi — yiqilishning oldi olinadi, balansni ushlashga yordam beradi.

Tovonda turib bajariladigan mashq

Xavfsizlikka rioya qilish uchun rakovina oldiga tik turing va qo‘llaringiz bilan ushlang. Tovon va oyoq uchini ketma-ketlikda tepaga, pastga harakatlantiring. Bu mashqni o‘tirgan holda ham bajarish mumkin. Rakovina qarshisiga oyoqning tovon qismi bilan turing va oyoq barmoqlarini birin-ketin ko‘taring.

Qo‘llar bilan tosni iloji boricha harakatlanmaydigan qilib ushlang. Mazkur mashqni ham yuqoridagilari singari o‘tirgan holda bajarish mumkin.

Tizzalarni bukish mashqi

Rakovina qarshisiga tik holatda turing va xavfsizlik uchun qo‘lingiz bilan ushlagan holda tizzalarni birin-ketin buking. Oyoqlarni to‘g‘ri bukilishiga e’tibor qarating.

Turgan joyda yurish mashqi

Yana yuqoridagidek rakovinani ushlagan holda tik turing. Oyoq barmoqlari va tizzani to‘g‘ri tutib, o‘ng va chapga qadam tashlang.

Mushaklarni mustahkamlaydigan mashq

Oyoqlarni yelka kattaligida oching, qomatni tik tutib qorinni ichkariga torting. Mushaklarni tarang tortib, so‘ngra bo‘shashtiring.

“Otjimaniya” bajaring

Tirsaklarni to‘g‘ri tuting. Qo‘llaringiz yelka kengligidan biroz kattaroq ochilishi kerak. Mashq davomida ortiqcha zo‘riqish sezilmasligi kerak.

O‘tirib-turish mashqi

Xavfsizlik maqsadida baland bo‘lmagan kreslo oldida ushbu mashqni bajaring. Oyoqlarni yelka kattaligida oching va o‘tiring. Turishda qiynalganingizda kresloga tiralishingiz mumkin, faqat iloji boricha mustaqil bajarishga harakat qiling. Mazkur mashqni artrit, jiddiy yurak qon-tomir kasalliklari bezovta qiladigan bemorlar bajarishi mumkin emas. Ular alternativ sifatida stulga 5-10 soniya tanaffus bilan o‘tirib-turishi mumkin.

Yuring va sayr qiling

Toza havoda yoki hech bo‘lmaganda uy ichida yurishga harakat qiling. Kam yurishdan boshlab sekin-sekin ko‘paytiring.

Keyingi mashqlar tura olmaydigan ahvolda bo‘lgan bemorlar uchun mo‘ljallangan.

Eslatma: nafasni uzoq vaqt turib turmang, sekin va to‘g‘ri nafas olishga harakat qiling.

Ushbu mashqlar o‘pkada gaz almashinuvi va qon aylanishi yaxshilanishiga yordam beradi. Mashqni uyquga yotishdan avval yoki ertalab uyg‘onganda bajarish tavsiya qilinadi. Osmonga qarab yoting. Oyog‘ingizni biroz ko‘taring(karavotdan sal teparoq)va oyoqni u bilan surat chizayotgandek(masalan doira yoki boshqa shakl)harakatlantiring. Keyin keyingi oyoqda harakatni takrorlang.

Keyingi mashq:

Osmonga qarab yoting, qo‘llar va barmoqlar yuqoriga qaragan bo‘lsin. Tirsaklarni choyshabga qadang va press mushaklarini torting va ovoz chiqarib sanang. Birinchi beshgacha, sekin-sekin ko‘paytirib borishingiz mumkin.

Keyingi mashqlar ham yuqoridagidek yotgan holda bajariladi.

  • Bir oyoqni karavotga qadang, ikkinchisini buking va ketma-ketlikda bajaring.
  • Bir oyog‘ingizni ko‘tarib havoda ushlab turing va ketma-ketlikda bajaring.
  • Qorin mushagini tortgan holda, oyoqlarni tog‘ri tuting va oyoq tovoni bilan aylanma harakat qiling.
  • Qorinni tarang torting, oyoqlar yelka kengligida ochilishi kerak. Bir oyoqni ko‘taring, ikkinchisi karavotga tiralgan bo‘lsin.
Bo‘yin mashqlari
  • Boshingizni yotgan joydan ko‘tarib harakatlantiring va qayta yostiqqa boshingizni qo‘ying.
  • Qo‘l kaftlarini bosh orqasiga qo‘ying. Tirsaklarni bir-biriga tekkizishga harakat qiling.
Sekin-asta mashqlarni ko‘paytirib borish mumkin. Organizm o‘zini-o‘zi tiklashi uchun vaqt kerak. Vaqt o‘tishi bilan hammasi o‘z joyiga tushadi.

Agar bemorda anemiya kuzatilsa, tarkibida temir moddasi bo‘lgan dori vositalar yoki polivitaminlar qabul qilishi mumkin. Tabiiy mahsulotlardan tayyorlangan taomlarni iste’mol qilish, qayta ishlangan mahsulotlar — kolbasa, sosiska, fastfud yemaslik kerak. Ratsion sabzavot, meva, yong‘oq va ko‘katlarga boy bo‘lishi kerak.

Go‘sht mahsulotlaridan kurka, oq tovuq go‘shti, baliq iste’mol qilish tavsiya qilinadi. Shuningdek, tuz, shakar va yog‘ ko‘p bo‘lgan mahsulotlarni kamaytirish yoki ulardan to‘liq voz kechishni nazarda tutuvchi DASh-parhezi hamma uchun ayni muddao.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.