Tez-tez qo‘l yuvish oqibatida teri qurib qolsa nima qilish kerak?
O'qildi: 514
Virusdan himoyalanish uchun qo‘llarni muntazam sovunlab yuvish va antiseptik vositalardan foydalanish natijasida teri qurishni boshlaydi. Bunday vaziyatda nima qilish kerak?Meduza nashri ushbu savolga javob beradi.
Foto: Freepik- Qo‘llaringizni issiq bo‘lmagan iliq suvda yuving(yodda tuting, yuvish jarayoni 20 soniyadan kam bo‘lmasligi kerak)
- Tarkibida pH kam bo‘lgan sovundan foydalaning(odatda 9,5-11 bo‘ladi). Iloji bo‘lsa, qo‘lni doimiy yuvish uchun xo‘jalik sovunidan foydalanmang. Antibakterial sovunlarni ham olish tavsiya qilinmaydi.
- Yuvib bo‘lgach, qo‘lingizni avaylab quriting: sochiqqa qo‘llarni sidirib emas, shimdirib arting.
- Qo‘lingizga namlantiruvchi krem surting. Tarkibida yog‘, glitserin, sut kislotasi va karbamid bo‘lgan kremlardan foydalaning. Bu moddalar namlikni saqlaydi va terini yumshatadi. Yog‘sizroq bo‘lgan kremlarni kunduzi, aksinchasini uyqudan avval ishlatish tavsiya qilinadi.
- Uy ishlari bilan mashg‘ul bo‘lganda, xususan, tozalash vositalari yoki boshqa kimyoviy vositalardan foydalanganda qo‘lqop kiyishni unutmang.
- Havo namligini nazorat qilib turing: turar joy va uy ichidagi havo namligi 30-50% bo‘lishi tavsiya qilinadi.
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.