Salomatlik Ayollar uchun Gazlangan suvdan uyni tozalashda foydalanish bo‘yicha 9 tavsiya

Gazlangan suvdan uyni tozalashda foydalanish bo‘yicha 9 tavsiya

O'qildi: 354


Gazlangan suvdan uyni tozalashda foydalanish bo‘yicha 9 tavsiya

Gazlangan suvni tozalash vositalari o‘rnida ishlatish mumkinligini bilmaganlar uchun quyida tavsiyalarni taqdim qilamiz.

Foto: “Sauap.org”

Zargarlik buyumlarini tozalash uchun

Idishga gazlangan suv va tarkibida zararli komponentlar kam bo‘lgan tozalash vositasidan bir-ikki tomchi qo‘shing. Zargarlik buyumini tunda solib qo‘ying, tongga qadar tursin. Ertalab taqinchoqlaringizni olib, yumshoq sochiq bilan quruqlang.

Zangni ketkazish

Gazlangan suv tarkibida uglekislota borligi uchun ham nafaqat metalldagi dog‘lar, balki zangni ham ketkazish xususiyatiga ega. Buning uchun zanglagan metallni bir necha soatga gazli suvga solib qo‘yishning o‘zi kifoya.

Shisha buyumlar

Chang va dog‘ni tozalash uchun gazlangan suv bilan shisha oyna yoki buyum ustini arting.

Tagiga olgan idish

Tagiga olgan qozon yoki tovani tozalash uchun gazlangan suvni bir necha soatga solib qo‘ying, natija sizni hayratga solishi aniq.

Shisha va kumush idishlar

Shisha va kumush idishlarning asl holati saqlanishi uchun ularni vaqti-vaqti bilan 20 daqiqaga gazlangan suvga solib qo‘yish tavsiya qilinadi.

Dog‘larni ketkazish

Gazlangan suvdan dog‘ni ketkazishda foydalanish mumkin bo‘lib, unda mato sifati hamda rangi o‘zgarmaydi.

Suvdan qolgan dog‘lar

Yuvinish xonasida suvdan qolgan dog‘larda ham gazlangan suv yaxshi samara beradi. Buning uchun dog‘ bor joyga gazlangan suv quyish keyin esa quruq mato bilan artishning o‘zi kifoya.

Idishdagi choy va kofedan qolgan dog‘lar

Kofe yoki choy idishi chetlarida qolgan dog‘larni ham gazlangan suv yordamida osonlik bilan ketkazish mumkin. Buning uchun idishga kechasi gazlangan suv solib tonggacha qoldiring.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.