10 yoshga yosharishga yordam beradigan 6 ta layfxak
Yoshga yosh qo‘shuvchi 5-10 yilni olib tashlash har kimning ham orzusi bo‘lsa kerak. Ular ro‘yobga chiqishi uchun pardozga bir nechta oddiy o‘zgartirishlar kiritilsa bas!
Foto: Shutterstock
Pardozda rangdan foydalanish kerak
Yuzni pardozlashdan avval unga biroz rang berish mayda ajinlarni berkitadi, teri qatlamini yumshatadi va uning tekis ko‘rinishga olib keladi. Agar yuz chizig‘ini yoki rangini o‘zgartirish kerak bo‘lsa, biroz rangdoridan foydalangan ma’qul. Agar maqsad ajinlarni berkitish bo‘lsa, buning uchun teri rangdagisini ishlatish kerak.
Foto: Getty ImagesXaylayterni qanday ishlatish kerak?
Agar xaylayterdan to‘g‘ri foydalanilsa, ko‘zning tashqi burchagi vizual darajada ko‘tariladi. Albatta, bu holat yoshni yashirishga yordam beradi. Ushbu vositani qoshning pastki qismida ichki burchakdan tashqi burchakka qarab surtish kerak. Shuningdek, yanoq sohasi hamda burun qismiga ham xaylayterdan oro berilsa, ayol jozibadorligi yanada ortadi.
Foto: Getty ImagesQora tushmi yoki ko‘k?
Eshitilganda g‘alati tuyulishi mumkin, ammo ko‘k kipriklar oq rangni yanada tiniqlashtiradi, ko‘zni porloq ko‘rsatadi. Bu esa yoshlikning eng muhim belgisidir.
Foto: Getty ImagesTirnoqning shakli ham muhim
Tirnoqlarni manikyur qildirganda, ularga bodom shaklini bergan afzal. Sababi ushbu shakl qo‘llarni uzunchoq ham navqiron qilib ko‘rsatadi. Shuningdek, bo‘yoqning rangi tanaga mos tushishi kerak.
Turmak ustida ishlash kerak
Agar sochlar tekis bo‘lsa, unda past kesish kerak. Bu orqali peshonadagi ajinlar yashiriladi va yuzni biroz yoshartiradi. Sochlar jingalak bo‘lsa, kaskad uslubida kesish kerak. Sababi bu turmak sochni yanada qalin ko‘rsatadi.
Foto: Getty ImagesSochga jilo berish kerak
Yoshlikning yana bir belgisi – sochlarning jilolanishi. Agar tabiiy yo‘l bilan bunga erishilmasa, quruq sochlar uchun maxsus moylar mavjud. Ular nafaqat chiroy beradi, balki sog‘lik uchun ham foydalidir.
Manba