Salomatlik Ayollar uchun Ortiqcha vaznga ega ayollar kiyinish uslubida yo‘l qo‘yadigan 6 ta xato

Ortiqcha vaznga ega ayollar kiyinish uslubida yo‘l qo‘yadigan 6 ta xato

O'qildi: 353


Ortiqcha vaznga ega ayollar kiyinish uslubida yo‘l qo‘yadigan 6 ta xato

Ortiqcha vazndagi mashhur ayollar hamda yulduzlar har qanday qomat egalari zamonaviy ko‘rina olishi mumkinligini o‘zlarining tajribalari orqali isbotlagan. Tan olish kerakki, ayrim ayollar qomatlarining imkoniyatlaridan bexabar holda libos tanlash jarayonida xatoga yo‘l qo‘yadi. Keling, bunday kamchilikni qanday bartaraf etish va o‘lchamingizdan qat’i nazar urfga monand ko‘rinish yaratishingiz haqida gaplashamiz.

Siz faqat qora rangdagi liboslarni kiyasiz, chunki ular “ozg‘in ko‘rsatadi”. 

Foto: Cosmopolitan

Afsuski, qancha ayollar ushbu qoidaga amal qilib, garderoblarini qorong‘ilikka ko‘madi?! Aslida nozikroq ko‘rinish rangga emas, balki matoning sifati va libosning to‘g‘ri bichilganiga bog‘liq. Har qanday mavsumda kiyilaveradigan qora tusdagi liboslar bora-bora tashqi qiyofangizda tushkun kayfiyatni paydo qiladi. Bu bilan nafaqat o‘zingiz, balki atrofdagilar ham zerikib ketadi. Shuning uchun ham kundalik liboslar orasiga ko‘proq yorqin rangdagilarini qo‘shishdan cho‘chimang. Kiyim tanlashda ranglardan avval uning sifatiga e’tibor qaratishga odatlaning.

Keng bichimdagi kiyimlarni ma’qul ko‘rasiz

Foto: Cosmopolitan

Ortiqcha vaznga ega ayollar orasida o‘ta keng bichimdagi liboslarga ehtiyoj katta. Bu ham ularning navbatdagi xatosi, albatta. Ushbu uslub sizning tashqi ko‘rinishingizni shaklsizdek ko‘rsatadi, hajmni yanada bo‘rttiradi. Eng yaxshisi, o‘zingizga mos va qulay bo‘lgan kiyimlarni xarid qiling. Keng va o‘lchami katta liboslarni uy sharoitida kiyish maqsadga muvofiq.

O‘lchamingizga to‘g‘ri kelmaydigan kiyimlarni tanlaysiz

Foto: Cosmopolitan

O‘lchami kichik va matosi dag‘al liboslar jiddiy noqulaylik tug‘dirishi tabiiy. Bu orqali qomatdagi kamchiliklar aniq aks etadi va libosda burmalar hosil qiladi. Har qanday inson o‘z o‘lchamiga mos keladigan libos tanlashi nafaqat o‘ziga bo‘lgan ishonchni orttiradi, balki mukammal siluet yaratishga ham yordam beradi.

Bezaklarga haddan ziyoda ruju qo‘ygansiz

Foto: Getty Images

Kiyimga ko‘rk bag‘ishlovchi har qanday bezak sizning foydangizga ishlashi kerak. Unutmang, ular noqulaylik tug‘dirmasligi lozim. Aksincha bo‘lsa, bunday bezaklardan darhol voz keching. Agar jozibaliroq ko‘rinishni istasangiz, ranglar bilan ishlashga odatlaning.

Aksessuarlarga e’tibor bermaysiz

Foto: Cosmopolitan

Aksariyat ayollar aksessuarlarning obrazdagi roliga yetarlicha ahamiyat bermaydi. Kamar yoki zargarlik buyumlari sizning go‘zalligingizni ta’kidlashga yordam berishi mumkin. Ayniqsa, bo‘yingiz yanada balandroq ko‘rinishini istasangiz, taqinchoqlarning uzunlarini taqishingiz kerak. Libos rangiga mos belbog‘ esa sizni yanada jozibali ko‘rsatadi.

Kuchli tomonlaringizni bilmaysiz

Foto: Cosmopolitan

Ayollar ko‘pincha kamchiliklarni kiyim bilan yashirishga harakat qilaverib, o‘z afzalliklari haqida tamoman unutib yuboradi. Ko‘zguga boqing!O‘zingizga ishoning!Kuchli tomonlaringizni aniqlang!Tashqi ko‘rinish xoh kelishgan, xoh beso‘naqay bo‘lsin hech narsani belgilamaydi. Muhimi, sizning ichki olamingiz go‘zal, xulqingiz mukammal bo‘lsin!



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.