Salomatlik Goʼzallik Har bir ayol hayoti davomida hech bo‘lmasa bir marta foydalanishi kerak bo‘lgan 10 ta go‘zallik vositasi

Har bir ayol hayoti davomida hech bo‘lmasa bir marta foydalanishi kerak bo‘lgan 10 ta go‘zallik vositasi

O'qildi: 347


Har bir ayol hayoti davomida hech bo‘lmasa bir marta foydalanishi kerak bo‘lgan 10 ta go‘zallik vositasi

Go‘zallik olami ayollarga shunchalar ko‘p vositalarni taklif etmoqdaki, tobora ular orasidan eng yaxshisini topish qiyinchilik tug‘diryapti. Ammo ayrim kosmetik mahsulotlar allaqachon o‘zining samaradorligini isbotlagan. Ular yillar davomida o‘z sifatini yo‘qotmaydi, go‘zallik bestselleri ro‘yxatida mahkam o‘rnashgan. Bunday afsonalarning atigi o‘ntasi bilan tanishib chiqish va hech bo‘lmaganda bir marotaba sinab ko‘rish zarur.

Foto: Cosmopolitan

YSL’dan Touche Eclat xaylayteri

Narxi: 39 dollar

Foto: Cosmopolitan

Afsonaviy Touche Eclat xaylayteri yulduzlar va modellarning, shuningdek, oddiy ayollarning ham sumkasidan topiladi. Ushbu mahsulot 20 yildan buyon na tashqi ko‘rinishda, na sifatda o‘zgardi. Eng qizig‘i, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu mahsulot dunyo bo‘ylab har 20 soniyada sotiladi.

Guerlain’dan Terracotta Moisturising Bronzing Powder pudrasi

Narxi: 34 dollar

Foto: Cosmopolitan

Statistikaga ko‘ra, Guerlain YSL bestselleridan biroz pastroq – har 25 soniyada sotiladi. Aslida ushbu vosita bug‘doyrang bo‘lmagan qizlar uchun ham juda qo‘l keladi. Yuzga yengil rang berish, yonoqlarni konturlash yoki biroz jilo berish – Terracotta bunga juda mos keladi. Bundan tashqari, ushbu vosita ajoyib hid va qutiga ega.

Giorgio Armani’dan Crema Nuda tonal kremi

Narxi: 109 dollar

Foto: Cosmopolitan

Dunyodagi eng mashhur tonal kremlardan biri bu Giorgio Armani tomonidan yaratilgan Crema Nuda uning ta’siri juda sezilarli. U terini parvarishlaydi, kamchiliklarni berkitadi, yuz rangini yaxshilaydi va ajinlarga qarshi kurashadi. Narxi biroz qimmat bo‘lsa-da, undan bir marotaba bo‘lsa ham foydalanib ko‘rish tavsiya etiladi.

Kiehl’s’dan Midnight Recovery Concentrate tungi konsentrati

Narxi: 24 dollar

Foto: Cosmopolitan

Tungi konsentrat terini qayta tiklovchi eng yaxshi vosita bo‘lib, har daqiqada ushbu vositaning bittasi sotuv shoxobchalarini tark etadi. Ushbu mahsulot o‘z faoliyati davomida 50 dan ortiq xalqaro kosmetologiya mukofotlarini qo‘lga kiritgan. Tungi krem yuzni intensiv ravishda namlaydi, namlikni saqlovchi to‘siqni kuchaytiradi va ertalab terining ko‘rinishini yaxshilaydi.

Sisley’dan Phyto Lip lab bo‘yog‘i

Narxi: 30 dollar

Foto: Cosmopolitan

Aniqlanishicha, ushbu lab bo‘yog‘i dunyo bo‘yicha har daqiqada sotiladi. Uchli qalamdan foydalanish juda qulay, labning chetiga kontur bilan ishlov berishning keragi yo‘q. Bundan tashqari, lab bo‘yog‘i namlantiruvchi balzam xususiyatiga ham ega.

Bourjois monoteni

Narxi: 6 dollar

Foto: Cosmopolitan

Tabiiy ranglar, uzoq muddatga chidamlilik va dog‘larni berkitish xususiyatiga ega. Buyuk Britaniyada ayollar ushbu vositani har 90 soniyada sotib oladi.

Dior’dan Dior Addict yaltiroq lab bo‘yog‘i

Narxi: 20 dollar

Foto: Cosmopolitan

Afsonaviy Dior Addict yaltiroq lab bo‘yog‘i har bir qizning kosmetik vositalar turuvchi sumkasida bo‘lishi kerak, u labni namlantiradi va tinchlantiradi. Ushbu mahsulot qalin qoplam va yoqimli hidi bilan juda mashhur. Bundan tashqari, yaltiroq bo‘yoq chindan ham yorqin va hajmni orttiradi, turli ranglar palitrasini kengaytiradi.

Chanel’dan Le Volume de Chanel tushi

Narxi: 24 dollar

Foto: Cosmopolitan

Kipriklarga hajm beruvchi tush ancha yillar avval ishlab chiqarila boshlagan, uni “klassik” desa ham bo‘ladi. Ajoyib cho‘tkaga ega tush kipriklarni ko‘taradi, qayirib turadi, hajm hamda xuddi tabiiydek ko‘rinish beradi.

Estee Lauder’dan Advanced Night Repair zardobi

Narxi: 74 dollar

Foto: Cosmopolitan

Vaqt o‘tgan sayin kosmetik brendlar ko‘proq ajinlar uchun mahsulotlar ishlab chiqarmoqda. Ushbu vositadan muntazam ravishda bir oy davomida foydalanilsa, hatto nozik ajinlar ham ko‘rinmay ketadi. Bundan tashqari, zardob juda tejamkor vosita, yuz uchun bir necha tomchi kifoya.

Make Up For Ever’dan HD Definition Powder pudrasi

Narxi: 24 dollar

Foto: Cosmopolitan

Professional hisoblangan ushbu vosita dunyo bo‘yicha yetakchi mahsulotlar qatoridan joy olgan. Uni barcha ayollar xush ko‘radi. Statistikaga ko‘ra, pudra har 30 soniyada sotiladi va 2015-yilning o‘zidayoq 6 tonna pudra sotilgan. Yaxshi tomoni shundaki, u yuzda bilinmaydi va kamchiliklarni yashiradi.




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.