Kutilmagan topilma: oddiy soch quritgichdan yana qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? (video)
Bunday ayyorlikni hali hech kim sinab ko‘rmagan bo‘lsa kerak. Uydagi har bir kerakli jihozlardan unumli foydalanish sirlarini bilib olish zarar qilmaydi.
Foto: “Domashniy ochag”Yangi poyabzalni kengaytirish mumkin
Har qanday yangi poyabzal oyoqni urishi tabiiy. Buning uchun qalin paypoqlar ustidan oyoq kiyim kiyiladi. So‘ngra quritgich yordamida poyabzalning har tomoni 1-2 daqiqa davomida qizdiriladi. Poyabzal to‘liq sovimagunicha yechilmaydi, shunda u oyoq o‘lchamiga moslashadi.
Stikerlardan qolgan yelimni tozalash mumkin
Agar mebel yoki idishlardan maxsus stikerlar olib tashlansa, unda yelimning izi qoladi. Havodagi chang natijasida yelim izi xunuk ko‘rinishga kelib qoladi. Ularni butunlay tozalash uchun soch quritgich yordamida yelim qoldig‘i qizdiriladi. Yuqori haroratda qizigan yelimni oddiy sovunli suv yoki latta yordamida artib tashlash mumkin.
Suv dog‘larini yo‘qotish mumkin
Yuvilgan shisha idishlar mebelda iz qoldirsa, albatta, soch quritgich yordamga keladi. Uning avval sovuq, keyin iliq havo purkash darajasi yoqiladi. Namlik yuzadan yo‘q bo‘lguncha havo purkaladi.
Mashinaning old qismidagi ezilgan joyni sozlash mumkin
Bunga ishonish qiyin, ammo mashinaning ezilib qolgan joylarini soch quritgich yordamida professional ta’mirlashsiz amalga oshirish mumkin. Albatta, buning uchun ko‘p vaqt hamda kuch kerak, lekin natija shunga yarasha.
Ko‘zoynak bandini qisqartirish mumkin
Ko‘zoynaklar doimo burunga tushib qolishining sababi nimada?Bunga bandlarning uzunligi aybdor. Ko‘zoynak gardishi plastik materialdan yasalgan bo‘lsa, uni quritgich yordamida qizdirib, barmoqlar bilan kerakli o‘lchamga keltirish mumkin.
Ovqatni isitish mumkin
Bu maslahat tez-tez sayohatga chiqadiganlar uchun qo‘l keladi. Agar ovqatni isitish kerak bo‘lsa, oshxona yoki mikroto‘lqinli pech topishning imkoni bo‘lmasa, soch quritgich yordamida ularni isitish mumkin.
Mum izlaridan xalos bo‘lish mumkin
Soch quritgich yordamida mebeldan mum izlarini osongina olib tashlash mumkin. Buning uchun mum iziga issiq havo oqimi yuboriladi va nam latta bilan artiladi.
Ko‘mirni yoqish mumkin
Foto: “Domashniy ochag”Kabob pishirishga tayyorgarlik boshlandimi?Bu ishda haqiqiy professionallarning layfxaki yordamga keladi. Ko‘mir yonganidan so‘ng soch quritgich yordamida havo yuborish lozim. Bu olovni har tomonlama teng tarqalishiga yordam beradi. Kabob esa me’yorida pishadi.
Tort bezatishda foydalanish mumkin
Tort yuzasida bir xilda yoyilgan glazur hammaga tanish bo‘lsa kerak. U tortning ko‘rinishini yanada boyitadi. Agar bu sohada tajriba kam bo‘lsa, malakali oshpazlar tomonidan foydalaniladigan layfxak tavsiya etiladi. Tort ustiga quyilgan glazurga soch quritgichda havo purkaladi. Havo oqimi tufayli glazur suyuqligi bir tekisda yuza bo‘ylab tarqaydi. Natijada u oynadek ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Muzlatilgan mahsulotlarni eritish mumkin
Muz bo‘lagiga aylanib qolgan mahsulotlarni faqat bittasini ishlatishda soch quritgich samarali yordam beradi. Issiq havo purkalgandan so‘ng ularni ajratib olish oson.
Yopishib qolgan saqichni olish mumkin
Agar saqich sochga yopishib qolgan bo‘lsa, uni yaxshilab yoyish lozim. Darrov qo‘lga qaychi emas, balki soch quritgichni olish kerak. Issiq havo yordamida saqich eritilib, mayda tishli taroq bilan soch yaxshilab taraladi va muammo bartaraf etiladi.
Kipriklarni qayirish mumkin
Foto: “Domashniy ochag”Kiprik qayriltiruvchi vositadan foydalanadiganlar uchun ajoyib layfxak. Soch quritgich yordamida uning qisqichlari qizitilib, so‘ng ishlatilsa, kipriklar kun davomida o‘z shaklini yo‘qotmaydi.
Shirinliklarni qolipdan osongina chiqarish mumkin
Agar biskvitni qolipdan chiqarish muammo tug‘dirayotgan bo‘lsa, qolipning tashqi tomonidan soch quritgich yordamida qizdirish kerak. Ushbu uslub shirinlik tayyorlanadigan folga yoki pergament qog‘ozlari uchun ham foydali.
Chang bilan kurashish mumkin
Ayrim joylardagi changlarni latta yoki maxsus vosita yordamida ketkazishning iloji bo‘lmasa, unda soch quritgichda buning imkoni bor. Masalan, kompyuter klaviaturalari orasidagi changni soch quritgich yordamida haftada ikki marotaba tozalash mumkin. Shuningdek, lampa qopqog‘i yoki kitoblarni shu yo‘l bilan ozoda saqlash tavsiya etiladi.
Manba