Salomatlik Ayollar uchun Uydagi noxush hidlarni qanday bartaraf etish mumkin?

Uydagi noxush hidlarni qanday bartaraf etish mumkin?

O'qildi: 294


Uydagi noxush hidlarni qanday bartaraf etish mumkin?

Gohida xonalardan kelayotgan noxush hidlar odamning kayfiyatiga ta’sir etadi. Albatta, buni bartraf etishning bir qancha usullari bor. Har kim o‘zi uchun qulay bo‘lgan tavsiyani amalda qo‘llashi mumkin.

Foto: “Domashniy Ochag”

Ziravorlar

Suvga bir nechta chinnigul, apelsin po‘stlog‘i, bir chimdim dolchin va zanjabil solib, bir muddat qaynatiladi. Bu ifor xonani to‘ldiradi va bir necha kun davomida kayfiyatni ko‘taradi.

Sirka

Sirka kislotasi yoqimsiz hidlarni mukammal darajada yo‘q qiladi. Shunchaki sirkani idishlarga solib, xonaning bir necha burchaklariga qo‘yish kifoya. Xonadan tamaki hidini yo‘qotish uchun esa sirka eritmasiga sochiqni bostirib, xona bo‘ylab sochiqni silkitish kerak.

Soda

Ichimlik sodasi yordamida yog‘och yoki plastmassadan yasalgan sabzi taxtadagi hiddan osongina xalos bo‘lish mumkin. Taxtaning yuzasiga sodali eritma quyib, so‘ng issiq suv bilan yuvib, yarimta limon bo‘lagi bilan artish lozim.

Limon

Limonli aralashma yordamida mikroto‘lqinli pechni tozalash mumkin. Buning uchun bir stakan suvga 2 choy qoshiq limon sharbati qo‘shiladi va 10 daqiqaga pechga qo‘yiladi. Vaqti tugagandan so‘ng yana 10 daqiqaga qoldiriladi. Aralashmada namlanmagan latta bilan pechning ichi artiladi.

Foto: “Domashniy Ochag”

Vanil

Muzlatkich ichidagi noxush hidni yo‘qotish uchun bir bo‘lak paxtaga vanil kukuni sepiladi yoki maydalangan qahva solingan idish qo‘yiladi. Shu yo‘l bilan yoqimsiz hiddan xalos bo‘lish mumkin.

Tuz

Kuyundi va tutunning hidini yo‘q qilishda tuzdan boshqa vosita yordam bermaydi. Kuygan idishga tuz sepiladi va sovimaguncha suv quyilmaydi.

Xushbo‘y xaltacha

Agar neylon matoli kalgotkalar yirtilgan bo‘lsa, tashlashga shoshmaslik zarur. Ularning ikki uchi tugilib, o‘rtasiga efir moyi bilan namlangan paxta yoki o‘simliklarga to‘ldirib, ilib qo‘yish kerak. Shunda undan ajoyib ifor taraladi.

Uy o‘simliklari

Tuvak gullari hamda o‘simliklar xonaning chang va noxush hidlarini o‘z-o‘zidan bartaraf etadi. Ayniqsa, uyda bambuk, aloe va azali o‘stirish ayni muddao.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.