Salomatlik Ayollar uchun Qahva dog‘i, yopishgan saqich. Gilam tozalashga yordam beradigan 6 ta layfxak

Qahva dog‘i, yopishgan saqich. Gilam tozalashga yordam beradigan 6 ta layfxak

O'qildi: 378


Qahva dog‘i, yopishgan saqich. Gilam tozalashga yordam beradigan 6 ta layfxak

Kir bo‘lgan kiyim yoki pardalardan farqli ravishda gilamni kir yuvish mashinasiga solish va yuvishning imkoni yo‘q. Qahva dog‘i, iz va yopishgan saqich va boshqalarni ketkazish mumkin bo‘lgan usullar bilan tanishing.

Foto: “Domashniy Ochag”

Qahva dog‘i

Gilamga qahvadan to‘kilgan yoki istalgan boshqa to‘q dog‘ni ketkazish uchun oyna va shishalarni tozalaydigan vosita hamda suvni 1:2 nisbatda aralashtiring. Aralashmani dog‘ bor yerga seping va ustidan keraksiz paxtali mato yoki kiymaydigan rangsiz futbolkangizni tashlab qo‘ying. Dog‘ gilamdan matoga o‘tishi uchun futbolka ustidan dazmol qiling.

Foto: “Domashniy Ochag”

It yoki mushuk mo‘ynasi qoldiqlari

Bu holatda sizga oyna tozalaydigan suratdagidek vosita yordam beradi. Gilamdagi mushuk yoki it mo‘ynasi qoldiqlari to‘kilgan yerni ushbu buyum bilan yig‘ib olish oson va qulay hisoblanadi.

Qalin va iplari uzun gilam

Bunday gilamni changyutgich bilan toza qilish noqulay, chunki gilam iplari cho‘tkaga yopishib qolishi mumkin. Sizga kiyim va liboslarni tozalashda qo‘llaniladigan, yopishqoq rolikli buyum yordam beradi. Buning uchun ushbu buyum yordamida tozalab keyin gilamni teskari tarafini ag‘daring, so‘ngra changyutgich ishlatishingiz mumkin.

Foto: “Domashniy Ochag”

Saqich yopishganda

Gilamingizga saqich yopishgan bo‘lsa, o‘sha yerga 5-10 daqiqaga muz bo‘lagi qo‘ying. Saqich qattiqlashganidan keyin qattiq buyum bilan qirib oling.

Boshqa dog‘lar

Oziq-ovqat sodasiga, idish yuvadigan vosita va sirka aralashtiring va sepsa bo‘ladigan qopqoqli idishga soling. Dog‘ bor joyga suyuqlikni purkang va gubka bilan tozalang.

Shkaf yoki boshqa buyumdan qolgan iz

Gilamda og‘ir buyumlardan qolgan izni ketkazish uchun muz bo‘lagidan foydalaning. Bir necha daqiqa kuting va keyin muzni olib tashlab iz bor yerni tish yuvish yoki kiyim cho‘tkasi yordamida cho‘tkalang.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.