Chindan ham ozishga yordam beradigan 5 ta maslahat
Vazn tashlashga rostdan ham kirishgan inson undan qanday xalos bo‘lish haqida atrofdan maslahat olish bilan vaqt o‘tkazmasdan, buning uchun yolg‘iz o‘zi ishga kirishishi zarur. Buning uchun avval kalit savollarga javob berish kerak. Masalan, “Oxirgi vaqtlarda nimaning hisobiga vazn yig‘ilyapti?” va “Vazn tashlash uchun odatdagi ratsiondan qanday mahsulotni chiqarish kerak?”. Keyingi qadamda esa ovqatlanish va turmush tarziga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish kerak.
Foto: “vapeadept.ru”Kaloriya miqdorini kamaytirish kerak
Balansli ovqatlanish ehtiyotkorlik bilan yondashishni talab qiladi, ammo umuman olganda ozish ilmi oddiy aksiomaga asoslanadi: ovqatni kam yeyishdan ko‘ra ko‘proq kaloriya sarflash afzal. Vazn tashlashning eng asosiy siri yengil menyuga o‘tish. Yana bir bor ta’kidlash kerakki, kaloriyalardan xalos bo‘lishning eng samarali usuli uni qanday mahsulotlar orqali yetib kelishini aniqlash orqali bartaraf etiladi. Ortiqcha vazn bilan kurashish uchun avval parhezni qayta ko‘rib chiqish kerak.
Parhez qilish mashqlardan ko‘ra samaraliroq
Har qanday ovqatlanish mutaxassisidan so‘rash mumkin. Vazn tashlashda parhez qilish 80 foizni, jismoniy harakat esa 20 foizni tashkil etadi. Sport bilan shug‘ullanish modda almashinuvini yaxshilaydi, kaloriyani kamaytiradi va sog‘liq uchun juda foydali, ammo vaznni kamaytirishda hech qanday sehr kuchi yo‘q. Ikki kilometrlik masofaga yugurish, taxminan, sharlotka bo‘lagidan ham kichikroq kaloriyani kamaytiradi. Bundan tashqari, jismoniy mashqlar ishtahani kuchaytirishi hisobiga kaloriya miqdorini ozaytiradi.
Agar har kuni sport bilan shug‘ullangandan so‘ng uyga borib, kuchliroq taom tanovul qilinsa, mashg‘ulotning kuchi nolga teng bo‘ladi, chunki charchagan organizm yengil salatlarga qanoat qilmaydi. Og‘irlikni yo‘qotish uchun kunni yengil boshlash, vaqtida jismoniy harakat, to‘g‘ri ovqatlanish va kechki ovqatga tayyorgarlik ko‘rish kerak.
Majburlash bilan ish bitmaydi
Odatda har qanday maqsadga erishishda niyat qilish eng muhim hisoblanadi. Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish uchun ham organizmni qiynash yoki majburlash aslo mumkin bo‘lmagan ish. Shunchaki sog‘lom va foydali odatlarni rivojlantirish zarur, samimiy istak bilan parhez qilish yuqori natijaga erishishga yordam beradi.
Ratsionga yangicha yondashishdan avval har bir kishi duch kelishi mumkin bo‘lgan to‘siqlar mavjud. Ortiqcha ovqatlanish hisi millionlab yillar avval ham mavjud bo‘lgan. Oshqozonni to‘ldirish, albatta, iqtisodiy tomonga ham borib taqalgandan so‘ng sifatsiz va arzon oziq-ovqatlar iste’moli ko‘payadi. Ammo imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q, iroda va xohish bo‘lsa kifoya. Barchasining uddasidan chiqish mumkin.
Eski odatlar vazn tashlashga xalaqit beradi
Vaziyat o‘rganilib, kunlik ovqatlanish tahlil qilinganidan so‘ng keragidan ortiq yeyish odati paydo bo‘ladi. Masalan, kunning aksariyat qismida ovqatdan cheklanib, kechga borib uning aksini bajarish mumkin. Yoki yengil yeguliklarni ham vazn orttirmaslik gumoni bilan iste’mol qilish kuzatiladi. Serial tomosha qilib yeyish yoki shirinlik, muzqaymoqni ko‘rganda to‘xtash signaliga ahamiyat bermaslik holatlari uchraydi.
Shubhasiz, uslubni o‘zgartiradigan vaqt keldi. Shakar, kraxmal, qayta ishlangan ovqatlarni kamaytirish kerak. Ko‘proq sabzavot, o‘tlar, yong‘oqlar va mevalarga ustunlik berish tavsiya etiladi. Go‘shtdan qisman voz kechish, tovuq va baliq go‘shtini menyuga kirtish samara beradi.
Oziq-ovqat xobbi emas, quvvat manbayi
Ayrimlar ovqatlanishni kunning eng muhim bo‘lgan qismi deb biladi. Aslida bunday emas, oziq-ovqatga shunchaki quvvat manbayi sifatida qarash kerak. Kun davomida televizor yoki smartfon bilan ovora bo‘lmasdan, sayr qilish, uydan chiqish va oshxonadan uzoqroq bo‘lish kerak. Shirinlik yoki boshqa yegulik tanovul qilishni istagan paytda foydali mahsulotlarni iste’mol qilish tavsiya etiladi.
Manba