Non, sabzavot, meva va yormalarni qanday saqlash kerak? Mahsulotlar tez aynib qolmasligi uchun tavsiyalar
Mahsulotlarni to‘g‘ri saqlanishi nafaqat ro‘zg‘orda baraka bo‘lishi, oilaviy budjet tejalishiga sabab bo‘ladi, balki salomatlik uchun ham foyda hisoblanadi.
Foto: Daily MirrorNonni qanday saqlash kerak?
Non soladigan idishning eng yaxshisi metalldan yasalgani hisoblanadi. Unda non hidlanmaydi va to‘g‘ri haroratda saqlanadi.
Shuningdek, quyidagi tavsiyalarga ham amal qilish foydadan holi bo‘lmaydi:
- Qolipli nonni o‘rtasidan kesgan yaxshi keyin ikki tomonni birlashtirib idishga solib qo‘yish mumkin.
- Namlikning oldini olish uchun qopchada tuz yoki shakar qo‘shish mumkin.
- Non ko‘payib ketgan bo‘lsa, yomon bo‘lib qolishini oldini olish uchun uni “paket” yoki folgaga solib muzlatgich yoki muzxonada saqlash mumkin.
- Boshqa non mahsulotlari: bulochka, pirog, rulet va boshqalarni ham shunday saqlasa bo‘ladi.
- Yeyishdan avval mikroto‘lqinli pech yoki pechga usti yopiq idishga solib isitish mumkin.
Kartoshka yaxshi saqlanishi uchun uning oldiga bir nechta olma qo‘shib, konteyner yoki qopda saqlash mumkin. Qop quruq va salqin joyda turgani yaxshi.
Piyoz va sarimsoq piyoz havo o‘tkazadigan(teshigi bor)karton koropkada, qorong‘i yerda saqlanishi kerak.
Olmani boshqa mevalardan alohida saqlash kerak. Olmadan ajralib chiqadigan etilen boshqa mevalarning aynishiga sababchi bo‘lishi mumkin.
Pomidorni muzlatgichda saqlash shart emas, xona haroratida yaxshi saqlanadi. Harorat 10 darajadan past joyda saqlansa va pomidorlar yumshab, mazasi o‘zgaradi.
Sabzini havosi chiqarib yuborilgan polietilen paketda ikki haftagacha barra holda saqlasa bo‘ladi. Yo bo‘lmasa, sabzining ikki uchini kesib tashlab, paketsiz ham saqlasa bo‘ladi.
Rezavorlar yaxshi saqlanishi uchun ularni yuvmasdan muzlatgichga qo‘yish kerak.
Ananasning tepa qismini olib tashlab “oyog‘ini osmondan” qilgan holda uzoqroq muddat saqlash mumkin bo‘ladi.
Salat bargini qog‘oz sochiq yoki salfetkaga qo‘yib, oziq-ovqat plyonkasiga o‘rash kerak. Salfetka namlikni o‘ziga olgani sabab uni har kuni almashtirib turish kerak bo‘ladi.
Yormalarni qanday saqlash kerak?
Birinchi bo‘lib, xariddan keyin yorma solingan idishdan bo‘shatish kerak. Yormalarni shisha yoki keramikadan ishlangan bankalarda qopqog‘ini havo kirmaydigan qilib yopgan holda saqlash kerak.
Asosiysi konteynerlar rakovina va gaz pechidan uzoqda, quruq, toza va qorong‘i joyda saqlanishi kerak.
Yormalarda mayda hasharotlar tushganiga guvoh bo‘linsa, ayab o‘tirmasdan tashlab yuborish kerak.
Ularning tushishini oldini olish uchun esa yorma solingan idishga sarimsoq, lavr yaprog‘i yoki quritilgan yalpiz solib qo‘ysa bo‘ladi. Ozgina qolgan yorma ustiga yangisini qo‘shmang.
Yormalar orasida suli eng birinchi bo‘lib ayniydi. Yarim yil, qo‘shimchalari bo‘lsa 2-3 oydan uzoqqa bormaydi. Uzoq vaqt turadiganlar no‘xat va grechka — ikki yilga yaqin saqlanishi mumkin. Guruch bir yarim yil, qolganlarni esa yaxshisi yil davomida ishlatib yuborgan yaxshi.
Manba