Iste’mol qilishdan tashqari mayonez sotib olish uchun 10 ta sabab
Mayonezdan salatlar yoki boshqa yeguliklarda sous uchun foydalanilmasa ham, uning yana bir qancha foydali jihatlari mavjud. Aynan oshxonada emas, balki boshqa maqsadlar uchun uni xarid qilishni unutmaslik lozim.
Foto: “Domashniy ochag”Barmoqlarni asraydi
Ayollarning sevimli taqinchog‘i – uzuklar ko‘pincha barmoqdan chiqmay qoladigan holatlar uchraydi. Bunday paytda barmoqni ortiqcha qiynashning keragi yo‘q. Shunchaki mayonezdan biroz miqdorda uzuk atrofiga surtish va ozroq kutish kerak. So‘ngra uzuk osongina barmoqdan chiqib ketadi.
Idishlarni silliqlaydi
Zanglamaydigan po‘lat idishlarda turli chiziqlar va dog‘lar paydo bo‘lsa, ularni bartaraf qilish uchun mayonez yordam keladi. Mayonezdan idishlarning muammoli joylariga surtiladi, keyin yumshoq mato bilan artiladi. Natijada idishlar o‘z ko‘rinishini qayta tiklab, porloq ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Eshik ovozini yo‘qotadi
Gohida eshik ochilib yopilganda odamning asab tolalariga ta’sir qiluvchi ovoz chiqaradi. Buning yechimi ham aynan mayonez mahsulotida. Mayonez eshikning oshiq-moshiq qismiga surtiladi. So‘ng eshiklarni ochib-yopish bir necha marta takrorlanadi. Natija sizni quvontirishi aniq.
Yelim dog‘larini tozalaydi
Yangi xarid qilingan idish yorliqlari olib tashlangandan so‘ng yelim izi yaxshi ko‘rinish bermaydi. Ayniqsa, uning yuzasiga chang va mayda zarrachalarning yopishib qolishi dog‘larni qoraytirib qo‘yadi. Uni bartaraf etishni bilmaydiganlar uchun mayonez ajoyib yechim. Sababi mayonez bir necha soniya ichida bunday dog‘larni ketkazadi.
Soch bitlarini o‘ldiradi
Mayonez – bitlarga qarshi kurashish uchun uy sharoitida eng samarali davolash vositalaridan biri. Kechki payt sochga mayonez yaxshilab surtiladi va boshga maxsus dush qalpoqchasi kiyiladi. Ertalab soch avval yaxshilab taralib, so‘ngra shampun bilan yuviladi.
Tirnoqlarni parvarishlaydi
Mayonez biroz chuqur idishga solinadi. Barmoq uchlari 5-10 daqiqaga mahsulot ichiga solinadi. Ushbu jarayon tirnoq atrofi terisini yumshatadi, namlaydi. Tirnoq plastinkasini mustahkamlaydi, bu esa manikyur qilishni osonlashtiradi.
Terini namlantiradi
Agar teri quruq bo‘lsa, mayonez yordamida niqoblar tayyorlash mumkin. Shuningdek, tirsak, tizza, yorilgan tovonlarni davolash uchun ham mayonezdan foydalangan yaxshi. Ma’lum miqdorda muammoli joylarga surtilgan mahsulot terini yumshatadi.
Foto: “Domashniy ochag”Qalam izlarini olib tashlaydi
Agar uyda rasm chizishni yaxshi ko‘radigan bolalar bo‘lsa, u holda ushbu maslahat, albatta, foydali bo‘ladi. Devor yoki boshqa jism yuzasida qolgan qalam izlarini o‘chirish uchun mayonezni ularning ustiga barmoq bilan surish kerak. 10-15 daqiqadan so‘ng toza mato bilan artiladi. Albatta, bu jarayon qalam izlarini butunlay bartaraf etmaydi, lekin qisman yo‘qotadi.
Qichishishning oldini oladi
Hamisha quruq bosh terisi uning egasiga tinchlik bermasligi tabiiy. Bunday paytda soch ildizlariga surtilgan mayonezni maxsus qalpoq ostida yarim soatga qoldirish kerak. Bu orqali bosh terisi tinchlanadi va sochlar ajoyib yorqin ko‘rinishga ega bo‘ladi.
Kumush buyumlarni tozalaydi
Kumush buyumlar yoki taqinchoqlar qoraygan tusga kirgan bo‘lsa, ularning tabiiy yorqinligini mayonez qaytarib beradi. Mayonez tarkibidagi limon kislotasi yoki sirka kumushning asl ko‘rinishini tiklaydi.
Suv dog‘larini yo‘qotadi
Ba’zi uy bekalar shiftda yoki taxta mebellar yuzasida paydo bo‘lgan dog‘lar va chiziqlarni yo‘qotish uchun mayonezdan foydalandi. To‘g‘ri, bu juda ko‘p vaqtni oladi, ammo natijasi quvontiradi. Mayonezning qalin qatlami zararlangan yuzaga suriladi va 48 soat davomida ushlab turiladi. So‘ngra toza mato yordamida tozalanadi.
Sochlarni qutqaradi
Agar bolalar yoki kattalar sochiga saqich yopishgan bo‘lsa, ularni kesishga shoshilmagan ma’qul. Saqich yopishgan sohaga mayonezdan ma’lum miqdorda suriladi va asta-sekinlik bilan saqich chiqarib olinadi. Albatta, bir necha soch tolasi qurbon bo‘lishi mumkin, lekin bu ularni kesishdan ko‘ra afzal.
Manba