Salomatlik Ayollar uchun Uydagi erta qarishga sabab bo‘luvchi buyum va kamchiliklar

Uydagi erta qarishga sabab bo‘luvchi buyum va kamchiliklar

O'qildi: 363


Uydagi erta qarishga sabab bo‘luvchi buyum va kamchiliklar

Qanchalik ishonish qiyin bo‘lmasin atrofdagi buyum va jihozlar ham kishining erta qarishiga sabab bo‘ladi. Chunki noqulay karavot, g‘ichirlaydigan stul va qorong‘i xonada vaqtni o‘tkazish asablar buzilishi va yuzda ajin paydo bo‘lishiga olib keladi.

Foto: Getty Images

Yorug‘likning yetarli emasligi

Uyda yorug‘likning qaysi burchakdan tushayotgani ham muhim rol o‘ynaydi. Yorug‘lik ko‘z uchun qulay bo‘lishi kerak yo‘qsa, kishi ko‘zini qisib qarashga o‘rganib qoladi bu esa ajin tushishiga sababchi bo‘ladi. Bundan tashqari qorong‘i va yorug‘lik yetarli bo‘lmagan xonada ishlash yoki o‘qish ko‘rish qobiliyatining susayishiga olib keladi.

Choyshablarning noto‘g‘ri tanlanishi

Qanchalik g‘alati tuyulmasin, choyshablarning ham ahamiyati bor. Bejizga Kim Kardashyan, Sindi Krouford va Jennifer Ensitonlar faqatgina ipak matoli choyshabni afzal bilishmaydi. Mutaxassislarning ta’kidlashiga qaraganda, ipak matoli choyshab teri yoshligini saqlashga yordam beradi. Bundan tashqari, ipak uyquga yotishdan avval yuz va tana terisiga surtilgan zardob hamda kremlarni shimib olmaydi. Paxtali choyshab esa aksincha. Yuzda turli husnbuzarlar toshishining oldini olish va gigiyenaga amal qilgan holda choyshab qanday matodan tikilgan bo‘lishidan qat’i nazar, kunora almashtirib turish kerak.

Namlik yetishmasligi

Uydagi ob-havoning qanday ekanligining ham ahamiyati bor. Agar turar joyingizdagi namlik darajasi 60 foizdan kam bo‘lsa, teri namlik yetishmagani sabab tezroq qariydi. Quruq havoda virus va infeksiyalar tezroq tarqaydi, kasalliklar esa yoshlikka ta’sir qilmay qolmaydi. Shu sababdan uy va xonadonlarda havoning namligiga e’tibor berish tavsiya qilinadi.

Kimyoviy tozalash vositalari

Idish yuvish davomida, yuvinish xonasi va oshxona pechlarini tozalash uchun foydalanadigan vositalarni qo‘lqopsiz ishlatish qo‘l terisiga ta’sir ko‘rsatmay qolmaydi. Ushbu vositalar tarkibidagi kimyoviy moddalar nafaqat yoshlik, balki salomatlikka ham zarar yetkazishi mumkin.

Noqulay stol va stul

Yuzning yosh yoki qari ko‘rinishi ham qaddi-qomatni tik tutish yoki tutmaslik bilan bog‘liq bo‘ladi. Bukchayish va egilib o‘tirgan holda ish bajarish qomatga va qiyofaga ta’sir ko‘rsatadi. Shu sabab ishlash yoki o‘qish davomida mebelning qulayligi, yorug‘lik yetarli ekaniga e’tibor qaratish hamda vaqti-vaqti bilan jismoniy mashqlar bajarib turish kerak.

Bukiladigan va yoziladigan divan

Bunday divan yaxshi, ammo uxlash uchun emas. Uyquga yaxshi to‘shagi bor karavotda yotish kerak. Uyquning yaxshi bo‘lmasligi vaqtidan avval qarishning eng asosiy sabablaridan biri bo‘ladi. Ko‘z atrofida charchoqning aks etishi, mayda ajinlar va ishtahaning keragidan ortiq ochilishiga sabab bo‘ladigan asab gormoni kortizolning ko‘payishi, uyqu gormoni melatoninning kam ekanligi sizni yosh ko‘rsatmasligi aniq.

Noqulay uy jihozlari

Uydagi tartibsizlik odam ko‘rinishida ham aks etadi. Ko‘ngil to‘lmasligi oqibatida labning tashqi burchaklari osilishni boshlaydi, yuzda mayda ajinlar paydo bo‘ladi. Yuz, uydagi pala-partish interyer singari bir ahvolga kelib qoladi. Shu sabab kunning asosiy qismi o‘tadigan turar joyingizni ko‘ngildagidek qulay va estetik zavq beradigan qilib jihozlash tavsiya qilinadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.