Salomatlik Ayollar uchun Soch quritishda yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato

Soch quritishda yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato

O'qildi: 384


Soch quritishda yo‘l qo‘yiladigan 10 ta xato

Sochlarni tez-tez fen yordamida qurituvchilar diqqatiga!Undan noto‘g‘ri foydalanish orqali sochlar qayta tiklanmaydigan darajada zarar ko‘rishi mumkin. Quyida ko‘pchilik yo‘l qo‘yadigan xatolar bilan tanishib chiqish tavsiya etiladi.

Foto: “Domashniy ochag”

Sochlar tezroq qurishi uchun maksimal haroratdan foydalanish

Sochni tezroq quritish hamma uchun ham foydali, ammo o‘rtacha haroratdan foydalanish sochlarning salomatligiga zarar yetkazmaydi. Haddan ortiq issiq havo namlik bilan to‘qnashib, soch tolalarining sinishiga olib keladi. Agar maksimal haroratda quritish ma’qul kelsa, u holda sovuq havodan foydalanish kerak. Lekin bu tufayli boshning asab tolalari shamollashi mumkin.

Noto‘g‘ri cho‘tka yoki taroqdan foydalanish

Soch quritish jarayonida dumaloq taroq yoki cho‘tkadan foydalanadiganlar noxush oqibatlarga tayyor turishi kerak. Nam sochlarni tarash ularning tuzilishiga zarar yetkazadi. Avval sochlar quritilib, keyin barmoqlar bilan taraladi. Jarayon oxirida esa taroqda tarash mumkin.

Soch yuvilgandan so‘ng darhol fenda quritish

Soch yuvilgandan so‘ng ozroq muddat tabiiy qurishiga imkon yaratish zarur. Sababi sochlar yuvilgan zahoti fen bilan quritish uzoq vaqt talab qilishi bilan birga, zararli ham sanaladi.

Sochlarni uchidan quritish

Mutaxassislar sochlarni doimo ildizidan boshlab quritishni tavsiya qiladi. Shunda namlik sochning uchlari tomon harakat qiladi. Buning uchun avval old qismdagi sochlar, keyin orqa qismga o‘tish va oxirida uch qismni quritish kerak.

Sochlarni qismga ajratmaslik

Sartaroshlar odatda sochlarni uch yoki to‘rt qismga ajratib quritadi. Bu ham kam vaqtni, ham samarali quritishni ta’minlaydi. Agar sochlarning tabiiy to‘lqin shaklida qurishini istovchilar bo‘lsa, quritish jarayonida sochlarni dumaloqlash va qistirib qo‘yish kerak. So‘ng fenda avval issiq, keyin sovuq havo bilan quritish zarur.

Termal himoya vositalaridan foydalanmaslik

Sochlarni issiqlikdan himoya qilish – bu sochlarni fen tufayli shikastlanishdan saqlashdir. Sochlar uchun hajm, rang va qo‘shimcha namlantiruvchi vositalardan unumli foydalanish kerak. Ular sochlarning nam holatida surtilib, keyin fenda quritiladi.

Sifatsiz fendan foydalanish

Har qanday arzon narx va sifatsiz vositalar foydadan ko‘ra ko‘proq zarar yetkazadi. Fen tanlashda juda ehtiyot bo‘lish kerak, sababi pulni tejash orqali sochlar salomatligiga zarar berish mumkin.

Quruq sochlarni qayta quritish

Ko‘pchilik ayollar sochlariga hajm berish uchun quruq sochlarini qaytadan quritadi. Bunday qilish aslo mumkin emas. Keyinchalik sochlar o‘z rangini yo‘qotishi va sinib ketish holatlari kuzatiladi.

Soch uchini noto‘g‘ri quritish

Soch uchlari silliq va tekis ko‘rinishi uchun sartaroshlar avval ularni fen yordamida isitib, so‘ng salqin havo oqimini yuboradi.

Fenni hech qachon tozalamaslik

Fenning orqa qismidagi panjara chang va yomon havo oqimini saqlab qoladi. Bu esa fenning ishlashiga ta’sir o‘tkazadi. Panjarani muntazam ravishda tozalash, uning qizib ketishini oldini oladi va havo oqimi tezligini yaxshilaydi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.