Yuz tuzilishiga qarab qosh shaklini tanlaymiz (foto)
O'qildi: 523
Qoshlar ham soch turmagi kabi kishini butunlay o‘zgartirib yuborishi mumkin. To‘g‘ri tanlangan qosh shakli esa yuzni xushbichim qilib ko‘rsatishi mumkin.
Manba
Yumaloq yuz
Foto: Getty ImagesYumaloq yuzga o‘tkir uchli qayrilma qosh eng mos tushadi. U baland ko‘tarilgan va kalta uchli bo‘lishi kerak. Ammo qoshni o‘ta o‘tkir qilish ham kerak emas — u yuz yumaloqligini yanada bo‘rttirib qo‘yishi mumkin.Cho‘zinchoq/oval yuz
Foto: Getty ImagesBunda to‘g‘ri va gorizontal qosh shaklini tanlash kerak, ular biroz burilgan bo‘lishi mumkin. Bunday yuzga aniq qayrilgan joyi bo‘lmagan to‘g‘ri, keng qoshlar yarashadi.Yurak shaklidagi yuz
Foto: Getty ImagesO‘rtacha uzunlikdagi sal ko‘tarilgan qoshlar mos keladi. Uchburchak shaklidagi yuzlarga, shuningdek, uchli iyakni yumshatish uchun yoysimon qoshlar ham tavsiya etiladi.To‘rtburchak yuz
Foto: Getty ImagesBunday yuzlarga balandga ko‘tarilgan uzun qoshlar, yoysimon qayrilma qoshlar yarashadi. Asosiysi, qoshning shakli aniq-ravshan bo‘lmasin, o‘tkir va qo‘pol tarzda qayrilgan qoshlardan nari yuring.Qosh shaklini qanday belgilash mumkin?
Foto: “24smi.ru”Qo‘lga qalam olib, burun solinchagi yonidagi nuqtani ko‘z ichki burchagidagi nuqta bilan birlashtiring. Qalamning qosh bilan kesishgan nuqtasi qosh boshlanadigan mukammal nuqta bo‘ladi. Ushbu nuqtadan qansharga yaqin joylashgan tukchalarning barchasini olib tashlash kerak.
Endi qoshning eng baland nuqtasini belgilaymiz: qalam ko‘z rangdor pardasining tashqi chegarasi orqali o‘tadigan vertikal chiziqni aniqlashi kerak. Qalam qosh bilan kesishadigan joyga nuqta qo‘ying — u qosh chizig‘ining eng baland nuqtasi bo‘ladi.
Endi qosh tugaydigan nuqtani topamiz. Qalamni yana burun solinchagiga qo‘ying va uni ko‘zning tashqi burchagi orqali qoshga yo‘naltiring. Qosh chizig‘i ushbu nuqtadan chiqmasligi kerak.
Manba: “Lady.tochka.net”
Manba
Izoh qoldirish
Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.