Taroqlarning 7 turi: mosini tanlaymiz (foto)
Agar siz e’tibor bergan bo‘lsangiz, go‘zallik salonidagi sartaroshlar sochlarni kesish yoki turmaklashdan oldin son-sanoqsiz taroqlar ichidan keragini tanlab oladi. Ularning har biri belgilangan maqsadlar uchun mo‘ljallangan. Qaysi biri sizga to‘g‘ri keladi?Taroqlarni bilib olishni o‘rganamiz.
Foto: “Woman.ru”Uzun va qalin sochlarni turmaklash uchun
Yassi va keng taroq — uzun va qalin sochlarni turmaklash uchun juda mos. Qoidaga muvofiq, bunday cho‘tkalarning qili plastik va yumaloq burchakli bo‘ladi. Yelkadan uzunroq tushib turgan sochlar bunday cho‘tka yordamida tezroq quriydi, fen yordamida quritishda uning qillari qo‘shimcha hajm beradi.
Jingalak sochlarni tekislash uchun
O‘ziga xos cho‘zinchoq teshiklari bo‘lgan, yassi va keng bu cho‘tka sochlarni turmaklash vaqtini ancha kamaytiradi. Chunki uning qillari va shakli havo sochlarning butun uzunligi bo‘ylab va hamma tomondan yetib borishiga imkon beradi. Bunday cho‘tkalarni o‘rtacha uzunlikdagi va dag‘al sochlarni turmaklashda, shuningdek jingalak sochlarni to‘g‘rilashda ishlatish juda qulay.
Kalta sochlarni parvarish qilish uchun
Agar sizning sochlaringiz kalta qilib kesilgan bo‘lsa, kichkina dumaloq cho‘tka — sizning eng yaxshi do‘stingiz. U bob usulda turmaklangan sochlarni to‘g‘rilash va uchlarini sal bukish uchun mos keladi. Bu cho‘tka yordamida uzun sochlarni jingalak qilish, ularni cho‘tkaga o‘rab fen bilan issiqlik berish mumkin. Agar sochlaringiz iyagingizdan sal kaltaroq bo‘lsa 4 sm yoki undan kichikroq cho‘tkalarni, agar ular o‘rtacha uzunlikda bo‘lsa diametri 3 sm dan 7 sm gacha bo‘lgan cho‘tkalarni tanlang.
Hashamatli jingalaklar uchun
Kichkina dumaloq cho‘tkalar singari katta cho‘tkalar kattaroq jingalaklar qilish uchun mos keladi. U o‘rtacha va uzun sochlarni to‘g‘rilash yoki hajm berish uchun ham juda mos keladi. Agar sochlaringiz uzunligi o‘mrov suyagi chizig‘idan pastda bo‘lsa diametri 7 dan 12 sm gacha bo‘lgan cho‘tkalarni tanlang, chunki ular sochlaringiz qanchalik qalin bo‘lmasin kerakli hajmni bera oladi.
Sochlarga jilo berish uchun
Silliqlovchi cho‘tka sochlarni to‘g‘ri, ipakdek mayin, tekis qilishga imkoniyat beradi va sochlarning umumiy ahvolini yaxshilaydi. Bunday cho‘tka bosh terisi tabiiy yog‘larini sochlarning butun uzunligi bo‘ylab bir tekisda tarqalishiga yordam beradi. Odatda qillari dag‘al bo‘ladigan bunday cho‘tkalar o‘rtacha va uzun sochlarga juda mos keladi.
Chigal sochlarni tarash uchun
Siz sochlarga zarar bermaslik uchun ho‘lligida taramaslik kerakligi to‘g‘risida sartaroshlardan ko‘p eshitgan bo‘lsangiz kerak. Lekin bu qoida ushbu cho‘tkaga taalluqli emas: o‘zining yumshoq qillari tufayli bu cho‘tka sochlarga zarar yetkazmaydi, ularning egiluvchanligi esa sochlar ho‘l bo‘lsa ham sug‘urilishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Sochlarga ildizidan hajm berish uchun
Agar siz sochlarga ildizidan hajm berilishini talab qiluvchi soch turmagini tanlagan bo‘lsangiz, bu cho‘tkaning tarang qillari bu vazifani juda yaxshi bajaradi. Lekin, ehtiyot bo‘ling bu cho‘tkadan me’yoridan ortiqcha foydalansangiz u sochlaringizga zarar yetkazishi mumkin.
Foto: “Woman.ru”
Manba