Go‘zallik salonidagi sirlar: siyrak sochlarga hajm berishga yordam beradigan 10 tavsiya
Hech qaysi ayol sochlarini siyrak va nozik bo‘lishini xohlamaydi. Ammo bu borada kimlarningdir omadi chopgan, yana kimnikidir yo‘q. Yaxshiyamki, mutaxassislar siyrak sochlarni qalin qilish, hajm berish bo‘yicha bir qancha usullarni kashf etgan.
Foto: “infox.ru”Qanday shampundan foydalanish kerak?
Mutaxassislar “hajm uchun” yoki “qalinlashtiruvchi” kabi xususiyatga ega shampunlardan foydalanishni tavsiya etmaydi. Sababi sochlarga shunchaki oddiy, ammo sifatli shampun vositalari yoqishi mumkin. Agar sochlar bunday vositani yaxshi qabul qilsa, o‘z-o‘zidan tolalarda o‘zgarishlar yuz beradi. Aynan qandaydir xususiyatga yo‘naltirilgan shampun vositalari tarkibida boshqa foydali moddalar kamroq qo‘llanishi mumkin. Shuning uchun ulardan qancha ko‘p foydalanilsa ham, natija sezilmaydi.
Vaqti-vaqti bilan sochlari kaltalatib turish foydalimi?
Ko‘pincha soch o‘stirishni istaganlar uni kaltalatishni xohlamaydi. Natijada soch tolalari o‘sgani sari siyraklashib, uch tomoni hajman kamayib boradi. Lekin sochni muntazam uch qismidan biroz kaltalatib turish ularni yanada qalinlashishiga olib keladi. Muhimi, har bir ayol o‘zi uchun ideal uzunlikni tanlashi va shu orqali sochlariga qo‘shimcha hajm berishi mumkin.
Quruq shampundan yangi usulda foydalanib ko‘rish mumkin
Quruq shampun – bu zamonaviy go‘zallik mo‘jizalaridan biri. Shuningdek, ushbu vositada sochlarni toza qilishdan ham ko‘proq foydali jihatlar mavjud. Quruq shampun tarkibidagi kraxmal va mineral kukunlari soch tolalari orasida ishqalanishni kuchaytiradi va mavjud yog‘larni yo‘q qiladi. Shundan so‘ng sochlar o‘z-o‘zida hajmdor bo‘la boshlaydi.
Sochlar uchun ham davo kerak
Albatta, har qanday mustahkam va qalin soch ham to‘g‘ri parvarish qilinmasa, vaqt o‘tib, siyrak va sinuvchan bo‘lib boradi. Qalin va hajmli sochlarni istovchilar, ularni kamroq buklashi kerak. Shundagina soch tolalari sinib ketmasligi mumkin. Bundan tashqari sochlarni issiqdan himoyalovchi spreydan ishlatish tavsiya etiladi. Ammo ularni tez-tez yuvish va murakkab soch turmagidan voz kechish kerak.
Sochlarga qisman hajm berish
Sochlarga yengil turmak berishda ularga qisman taroq yordamida hajm berish kifoya. Buning uchun ingichka tarog‘dan foydalanish kerak. Shuningdek, ko‘proq boshning orqa qismidagi sochlarga hajm berish orqali ko‘rinishni bo‘rttirib yubormaslik mumkin.
Sochlarni bo‘yashda to‘g‘ri tanlov
Sochlarini bo‘yamoqchi bo‘lgan xonimlar nafaqat unga rang berish, balki ularni hajmini ham ko‘paytirishi mumkin. Buning uchun iloji boricha avvalgi rangdan ko‘ra biroz yorqinroq rang tanlanishi kerak. Bundan tashqari, tanlov yuz terisi rangi bilan mos turishishi kerak.
Sochlarni quritishda dumaloq taroqdan foydalanish muhim
Sochlarni tezroq va tartibga solib quritishda, albatta keramikadan yasalgan teshikchali dumaloq taroq foydalidir. Taroq teshigidan o‘tgan issiq havo oqimi ularni tezroq quritadi. Dumaloq shakldagi taroq esa sochlarga hajm beradi.
Bosh terisini ham bo‘yash lozim
Bosh terisi qancha yorqin va yaltiroq bo‘lsa, sochlar ham shuncha siyrak ko‘rinadi. Buning uchun bosh terisiga qovoqqa suriladigan ten yoki maxsus bo‘yoqli spreylardan foydalanish kerak. Ular boshdan 20 santimetr masofada sepiladi. Shundan sochlar orasi ochilib qolmaydi va hajmdordek ko‘rinadi.
Sochlar uchun maxsus vitaminlar qabul qilish kerak
Maxsus vitamin va parvarish mahsulotlarini dorixona yoki kosmetik vositalar do‘konidan topish mumkin. Sochlardagi o‘zgarishga qarab mutaxassislar tanlov uchun yordam beradi. Soch uchun vitaminlar qabul qilish muhim bo‘lib, soch tolalarining siyarklashuvi gormonlar o‘zgarishi bilan bog‘liq.
Dermatolog ko‘rigidan o‘tish tavsiya etiladi
Sochlardagi maummolar parvarish yoki maxsus vositalar yordamida bartaraf etilmasa, u holda dermatolog huzuriga borish tavsiya etiladi. Soch siyraklashishi, to‘kilishi kabi holatlar fon buzilishining oqibatida kelib chiqadi. Shifokor tomonidan buyurilgan muolajadan so‘ng ular avvalgidek qalinlashishi mumkin.
Manba