Salomatlik Ayollar uchun Yangi yil sovg‘asi uchun ajoyib g‘oya: shokoladli guldasta tayyorlaymiz (foto)

Yangi yil sovg‘asi uchun ajoyib g‘oya: shokoladli guldasta tayyorlaymiz (foto)

O'qildi: 394


Yangi yil sovg‘asi uchun ajoyib g‘oya: shokoladli guldasta tayyorlaymiz (foto)

O‘z qo‘lingiz bilan tayyorlagan ushbu guldasta yaqin va qadrli insonlaringiz kayfiyatini ko‘tarishi aniq. Uzum shingili ko‘rinishidagi ushbu guldastaning ko‘rinishi kishini quvontiradi, tillarang qog‘oz ichidagi shokoladlar mazali bo‘lsa yana yaxshi.

Foto: “Domashniy Ochag”Buning uchun quyidagi narsalar kerak bo‘ladi:
  • 40 dona oval shaklidagi shokolad;
  • tillarang zar qog‘oz;
  • ingichka sim;
  • tillarang akril bo‘yoq;
  • ip;
  • tasma;
  • izolyatsion lenta;
  • sun’iy uzum yaproqlari.

Foto: “Domashniy Ochag”

Shokoladlarni tillarang qog‘ozga o‘rang va qog‘ozni birlashtirgan tarafi ustidan ip bilan mustahkamlang.

Foto: “Domashniy Ochag”

Ulardan birining zarini diametri 1,2 mm simga suratdagidek mahkamlang.

Qolgan shokoladlarni diametri 0,7 mm bo‘lgan ingichka simga 3-4 donadan birlashtirib chiqing.

Foto: “Domashniy Ochag”

1,2 mm simga birlashtirilgan shokolad atrofiga boshqa kichik simli shokoladlarni birlashtirib chiqing. Simlarni burab qo‘shib chiqqaningizdan keyin ustidan zarli qog‘oz aylantirib chiqing.

Foto: “Domashniy Ochag”

Simni buking va tasma bilan aylantirib chiqing.

Foto: “Domashniy Ochag”

Sun’iy uzum yaproqlarini simga kirgizing.

Foto: “Domashniy Ochag”

Guldasta ko‘rinishi uzum shingilini esga solishi kerak.

Foto: “Domashniy Ochag”




Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.