Salomatlik Ayollar uchun Pulni behudaga sarflash: xarajatsiz chorasini topish mumkin bo‘lgan narsalar

Pulni behudaga sarflash: xarajatsiz chorasini topish mumkin bo‘lgan narsalar

O'qildi: 429


Pulni behudaga sarflash: xarajatsiz chorasini topish mumkin bo‘lgan narsalar

Reklama tijoratning dvigateli bo‘lib, biz uchun umuman kerak bo‘lmagan narsalarni tavsiya qiladi. Inson umri davomida qanchalab o‘zi uchun kerak bo‘lmagan narsalarni sotib olishini bilasizmi?Unday bo‘lsa, daftar va qalam tayyorlang, quyida ular haqida ko‘proq ma’lumot olasiz.

Foto: “Domashniy ochag”

Shishadagi suv

Har kuni tushlikda sotib olinadigan shishadagi suv. Muntazam ravishda aynan suv uchun sarflanayotgan pulni hisoblab ko‘rish kerak, tushlik va shirinlikdan tashqari. Toza ichimlik suvi esa foydali, ham hamyonbop, ham ishonchli. Kun bo‘yi sumkada ham olib yurish mumkin. Kichikroq hajmdagisi esa noqulaylik tug‘dirmaydi. Shishadagi suvdan xarid qilishni to‘xtatib, uning o‘rniga oddiy suv ichishni yo‘lga qo‘yish tavsiya etiladi.

Sport zalga a’zolik

Uy sharoitida biror narsani bepul amalga oshirish qiyin — bu barchaning oddiygina bahonasi. Har oy pul sarflab, sport zalida shug‘ullanishlar yordam berdimi?Yaxshisi, uydagi ko‘zgu qarshisida ham bir necha daqiqa davomida jismoniy mashq qilish zarur, natija bir xil. Shunda ortiqcha pul sarflanmaydi. Uyda mashg‘ulotlarni dangasalik qilmasdan bajarish, shuningdek, sport zal uchun ajratilgan mablag‘ga yaqinlar uchun sovg‘a xarid qilish barchaga ma’qul kelsa kerak.

Ortiqcha yegulik

Restoranda bir kishi uchun mo‘ljallangan ayrim taomlar chindan ham ko‘p. Uning barchasini tanovul qilishning imkoni bo‘lmasa kerak. Lekin ba’zida haddan tashqari och mijozlar toki taom tayyor bo‘lguncha biror yegulik buyurtma qiladi. Mana pulni havoga sovurishning yana bir misoli. Och qoringa iste’mol qilingan yegulikdan so‘ng keltirilgan taomni oshqozon qabul qilmasligi aniq.

Yetkazib berish

Ayrim internet-magazin foydalanuvchilari yetkazib berish xizmatidan ko‘p foydalanadi. To‘g‘ri, ularning ayrimlari bepul bo‘lishi mumkin. Lekin boshqalari buning uchun belgilangan miqdorda pul oladi. Bu borada sotib olingan mahsulot ancha qimmatga tushadi. Agar xaridor uni do‘konlardan xarid qilsa, ham cho‘ntakka, ham salomatlikka foyda.

Kichkintoylar libosi

Albatta, yosh bolalarning kiyimlari chiroyli, shuningdek, ularning narxi kattalarnikiga qaraganda ancha qimmat. Lekin ikki yoki uch marotaba kiyishi mumkin bo‘lgan qimmatbaho kiyimlarni sotib olish juda g‘alati. Agar ularni kichik kelganidan so‘ng sotib yuboraman, deydiganlar bo‘lsa, sut yoki boshqa rangli bo‘yoqlar tegib qolgan ko‘ylaklarni qayta sotish qiyinchilik tug‘dirishi tabiiy.

Nosog‘lom odatlar

Bundan tashqari, insonlarning ichkilik va kashandalikka ortiqcha ruju qo‘yishi ularning xaridiga ko‘p pul sarflashini taqozo etadi. Bunisi ham mayli, vaqt o‘tib salomatlikka zarar yetganda uni qayta tiklash uchun undan ham ko‘proq mablag‘ sarflanishini hech kim o‘ylamaydi.

Markali benzin

Yoqilg‘i quyish shoxobchalari ko‘pincha markali benzin sotib olishni tavsiya qiladi. Narxi esa doimgilaridan ancha yuqori. Ishlab chiqaruvchining fikriga ko‘ra, mashina bu benzindan yaxshi ishlaydi. Ammo bu shunchaki tadbirkorlik ekanini bilmaganlar darrov uni sotib olishga oshiqadi. Lekin markali benzin bilan mashinaning hech narsasi o‘zgarmaydi, avval qanday yurgan bo‘lsa, keyin shunday yurishda davom etadi.

Parhez taom

Parhez taomlarga har xil turdagi don, yorma, dukkakli, “fitnes” belgisi qo‘yilgan sut mahsulotlari kiradi va ularning narxi odatdagilardan ko‘ra qimmat. Ko‘p xarajat evaziga kilogramm yo‘qotishdan ko‘ra, uy sharoitida tayyorlangan oddiy bo‘tqa bilan ozishga harakat qilish kerak. Ortiqcha to‘plangan pulga nonushta uchun foydali yegulik xarid qilgan ma’qul.

Soch uchun spreylar

Ushbu mahsulotlar qisqa muddatli ta’sirga ega. Bir necha soat davomida soch turmagidan zavqlanish uchun sochlarga kimyoviy aralashmani sepish shart emas. Bundan tashqari, uning zarari ham bor. Yaxshisi, soch moylarini qo‘llash kerak, ular sochga tabiiy yorqinlik beradi, shuningdek, arzon hamda foydalidir.

Kokteyl va preparatlar

Bu mahsulotlarsiz tana toksinlarni yo‘q qila olmaydi, deb o‘ylash noto‘g‘ri. Jigar va buyraklar insonga bejizga berilmagan. Ichakni toksinlardan tozalash uchun sharbat va preparatlar o‘z tasdig‘ini topmagan. Bu shunchaki tadbirkorlik, xolos.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.