Salomatlik Ayollar uchun Foydali tavsiya: kiyimlardagi noxush hidlarni bartaraf etish usullari

Foydali tavsiya: kiyimlardagi noxush hidlarni bartaraf etish usullari

O'qildi: 309


Foydali tavsiya: kiyimlardagi noxush hidlarni bartaraf etish usullari

Kiyimlarga o‘rnashib qolgan dezodorant, atseton, krem va boshqa hidlarni yo‘q qilishda asqatadigan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Foto: Wday

Uzoq vaqt turadigan sintetik birikma

Fenolli birikmadan aslida bunday ifor taralmaydi. Odatda fenol yoki muqobili bo‘lib sifatsiz Xitoy buyumlari, sumkalari va o‘yinchoqlaridan shunday hid chiqadi. Aslida fenol — zararli hisoblanadi, shu sabab foydalanishga shubhangiz bo‘lsa, xarid qilmang. Yoqimsiz iforni yo‘q qilishni uddasidan chiqarmaydi, ammo sodali eritmaga ivitish orqali minimallashtirsa bo‘ladi. Mato to‘g‘ri keladigan bo‘lsa, nashatir spirtini 10 ml iliq suvga qo‘shib, 2 soatga kiyimga surtib qo‘ying.

Nashatir spirti eski kiyimlardagi mog‘or va namiqib qolgan hidlarni ketkazishga yordam beradi. Aralashmani kir yuvadigan mashinaga ham qo‘shsa bo‘ladi. Nashatir spirtiga xos hid bir zumda tarqashi sabab, choyshablardan keladigan ifordan xavotir olmasangiz ham bo‘ladi. Atsetonning hidi chidamli emas, molekulalar ionlarning ta’siri ostida bo‘lgani uchun kirlangan kiyimni bir necha soat havoga osib qo‘yish kifoya.

Atir va maishiy hidlar

Dezodorant yoki odekolon hidini sirka bartaraf qiladi. 0,5 stakan sirkani bir idish suvga solib aralashtiring va kiyimlarni ivitib qo‘ying. Sirka nafaqat hidni yo‘qotadi, balki qo‘ltiq sohasidagi dog‘larni ham ketkazadi.

Yumshatuvchi vositalar ham bu borada yaxshi samara beradi. Gap shundaki, tuz yoki minerallar bilan to‘yingan suv, “faol” emas, “og‘ir” hisoblanadi. Shu sabab ham kirni sifatli yuvish uchun uni yumshatish kerak. Tarkibida tabiiy komponent bisyor bo‘lgan konditsioner ham hidlarni yaxshi bartaraf qiladi. Sintetika begona hidni yumshatadi, tabiiy moddalar esa uni bartaraf qiladi. Shunday ekan oddiy konditsioner zagar uchun kremning uzoq turadigan hidini oson yo‘q qiladi. Shunchaki xo‘jalik sovunini ishlatib keyin esa konditsionerdan foydalaning.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.