Salomatlik Ayollar uchun Supermarketda kamroq pul sarflashga yordam beradigan tavsiyalar

Supermarketda kamroq pul sarflashga yordam beradigan tavsiyalar

O'qildi: 371


Supermarketda kamroq pul sarflashga yordam beradigan tavsiyalar

Savdo do‘konlarining maqsadi – foyda ko‘rish. U qanchalik ko‘p bo‘lsa, tadbirkor uchun yanada yaxshi. Shuning uchun ham supermarketga birgina non va sut uchun kirib, mahsulotlarga to‘la aravani olib chiqishning hayratlanarli joyi yo‘q. Sababi har bir chegirma va reklama xaridorlar iloji boricha ko‘proq xarid qilishi uchun ishlaydi. Quyida esa ortiqcha, hattoki keraksiz bo‘lgan mahsulotni sotib olishdan to‘xtatib qoluvchi 7 tavsiya bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Foto: “Domashniy ochag”

Bonus

Agar rastalarda arzon narxda sotilayotgan yogurt mahsulotlarining butun qadog‘i bo‘lsa, ularni olishga shoshilmaslik kerak. Birinchidan, shuncha ko‘p yogurtni iste’mol qilish mumkinmi yoki ularning yarmini chiqindiga chiqarish yaxshimi?Sababi ushbu mahsulotlarni uzoq saqlab bo‘lmaydi. Yaxshisi, shunchaki donalab sotilayotgan yogurtni xarid qilish kerak, shuningdek, uning bir donasi hisob-kitoblarga ko‘ra “bonus” narxdan unchalik ham farq qilmasligi mumkin. Ushbu takliflarning aksariyati shunchaki marketing harakati ekanligini yodda tutish zarur.

Katta aravalar

Nima uchun supermarketlarda oziq-ovqat aravalari katta hajmda?Avvallari bunday bo‘lmagan. Ammo savdo menejerlari xaridor bo‘sh aravani ko‘rganda kamida uning yarmini mahsulotlar bilan to‘ldirishga harakat qilishini aniqlagan. Shu sababli oddiy layfxakni unutmaslik kerak, agar kerakli mahsulotlar ro‘yxati yo‘q bo‘lsa, shunchaki xariddan avval savatchani olish tavsiya etiladi.

Eng yaqin rastalar

Odatda mahsulotlarni reklama qilish maqsadida ular eng yaxshi ko‘rinadigan rastalarga joylashtiriladi. Barcha supermarketlar uzoq vaqtdan buyon reklamaning ushbu uslubidan foydalanib keladi. Ko‘zga yaqqol tashlanuvchi rastalarda supermarket uchun foyda keltiradigan mahsulotlar bo‘lganligi sababli pastki yoki yuqoridagi javonlarga ham e’tibor qaratish zarar qilmaydi.

Mahsulotlarni ro‘yxatdan o‘tkazish

Har bir xaridor supermarketdan chiqishdan avval kassa oldidan o‘tishi va to‘lovni amalga oshirishi kerak. Ammo oxirgi daqiqalardagina ko‘pchilik garchi arzon bo‘lsa-da, keraksiz mahsulot sotib olganini anglaydi. Shuning uchun to‘lovdan avval sotib olish uchun tanlangan mahsulotlarni qaytadan ko‘rib chiqish muhim. Albatta, ularning orasidan ortiqchasi topilishi shubhasiz.

Yaxlit bo‘lmagan narxlar

Nega aksariyat mahsulotlarga qaytim berishning imkoni bo‘lmagan narxlar qo‘yiladi?Ushbu so‘rovnoma bo‘yicha ko‘plab tadqiqotlar ham o‘tkazilgan. Ma’lum bo‘lishicha, iste’molchilar bir paytlar 9 bilan tugaydigan narxni chegirmalar bilan bog‘lagan. Shuningdek, ko‘pchilik narxning kamroq tomoniga e’tibor qaratadi, ayniqsa, chap tomondagi arzimas ko‘rsatkichlarga. Bu esa xaridorda tejamkorlik tasavvurini paydo qiladi.

Soxta chegirmalar va aksiyalar

Aksariyat do‘konlar ko‘proq xaridor jalb etish maqsadida doimiy ravishda chegirma va aksiyalar tizimini joriy etadi. Axir xaridor qancha ko‘p bo‘lsa, foyda ham shunga yarasha bo‘ladi-da. Biroq chegirmalarning hammasi ham pulni tejamaydi. Chegirmali mahsulotlarni sotib olishdan oldin yaxshilab ko‘rib chiqish kerak, narxi boshqa ishlab chiqaruvchinikiga qaraganda chindan ham arzonmi?Albatta, farqning ahamiyati bor. Lekin ko‘pincha savdogarlar avval mahsulotga juda qimmat narx belgilaydi va birozdan so‘ng chegirma e’lon qiladi. Ayrim mijozlar esa hech narsa yo‘qotmagandek mamnun holatda xaridni amalga oshiradi. Shuningdek, amal qilish muddati tugashiga yaqin qolgan mahsulotlar narxi ham odatda pasaytiriladi. Shuni uchun sotib olishdan avval yutqazmaslik uchun mahsulotning muddatiga e’tiborli bo‘lish kerak.

Muddatli chegirmalar

Endilikda xaridorlar ko‘proq onlayn-do‘konlarning xizmatidan foydalanmoqda. Xaridorni sotib olishga undaydigan ommabop usullardan biri – vaqtinchalik aksiyadir. Foydali taklif qachon tugashini o‘ylagan inson xaridni tezroq amalga oshirish taraddudiga tushadi. Shu tariqa yana navbatdagi keraksiz mahsulotlar uyda yana bittaga ko‘payishi mumkin. Afsuski, birozdan so‘ng ish bermagan chegirmalar yana qaytadan onlayn-do‘kon lentasida paydo bo‘lishi ko‘p bora kuzatiladi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.