Salomatlik Ayollar uchun Koronavirusga qarshi vitaminlar: kasallikka chalinmaslik uchun ratsionni qanday tuzish kerak?

Koronavirusga qarshi vitaminlar: kasallikka chalinmaslik uchun ratsionni qanday tuzish kerak?

O'qildi: 362


Koronavirusga qarshi vitaminlar: kasallikka chalinmaslik uchun ratsionni qanday tuzish kerak?

Sovuq havo hamisha shamollashni qo‘zg‘atadigan mavsumdir. Ayniqsa, pandemiya avjiga chiqqan vaqtda har bir inson o‘zini avvalgiga qaraganda ko‘proq ehtiyot qilishi kerak. Haroratning pasayishi va quyosh nurining kamayishi kasallikka chalinish ehtimolini oshiradi. Ma’lumotlarga ko‘ra, odamlarning 40 foizi shamollashga moyil. U holda, qolgan 60 foiz sog‘lom insonlar orasida bo‘lish uchun nima qilish kerak?

Foto: Cosmopolitan

Koronavirusdan himoyalanish bugungi kunning eng dolzarb muammosiga aylandi. Shifokorlar haligacha ushbu kasallikning aniq davosini ishlab chiqmaganligi vaziyatni yanada og‘irlashtirmoqda. Shuningdek, kasallik har bir bemorda turlicha kechishi ham mutaxassislarni o‘ylantirmoqda.  U kimdadir yengil, boshqasida o‘lim bilan yakun topishi har kim o‘zi uchun himoyalanishi muhimligini anglatmoqda.

Ovqatlanishni nazorat qilish va jismoniy faollikni oshirish

Buning uchun ratsionni qayta ko‘rib chiqish kerak. Oson hazm bo‘ladigan, tozalangan va aralash yog‘larni maksimal darajada chiqarib tashlash zarur.

Buning o‘rniga:

  • Ko‘proq yangi yashil sabzavotlar va C vitaminiga boy turli xil ko‘katlar;
  • To‘yinmagan yog‘ kislotalari, zaytun moyi;
  • Kunlik jismoniy mashqlar, kamida 10 000 qadam piyoda yurish, shuningdek, suzish va boshqa mashg‘ulotlarni bajarish kerak.
Vitaminlar muvozanatini saqlash

Albatta, kuchli immunitet vitaminlar iste’molisiz bo‘lmaydi. Bularga A, B, C, D, E vitaminlari kiradi.

Zamonaviy mahsulotlar tarkibida vitaminlar yetarli darajada emas. Kun davomida qabul qilingan vitaminlar esa tanaga taqsimlanadi va ertangi kun uchun yana kerak bo‘ladi. Shuni yodda tutish kerakki, tabiiy mahsulotlar tarkibidagi vitaminlar organizmga yaxshi singadi. Shuningdek, alohida vitamin qadoqlariga ham e’tiborli bo‘lish kerak. Ularning shaklidagi o‘ziga xos xususiyat shundaki, ular organizmda harakatlanishi davomida yo‘qotishlarga duch kelmaydi. Hujayralar tomonidan maksimal darajada so‘riladi.

“Antikovid” vitaminlar to‘plami immunitetga foydali bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:

  • Terining himoya vazifasini qo‘llab-quvvatlovchi liposomal C vitamini;
  • Immunitet hujayralarining o‘z vaqtida faollashishiga bog‘liq D3 vitamini;
  • Naftoxinonlarni o‘z ichiga olgan chumoli daraxtining qobig‘i, ular patogen mikroorganizmlarning faoliyatiga xalaqit beradi;
  • Immunitet tizimining faollashishiga ta’sir qiluvchi selen;
  • Virus va mikrobga qarshi sarimsoq.
Vitaminlarni shunchaki qabul qilish yetarli emas. Qabul qilish rejimiga rioya qilish zarur. Shuningdek, organizmdagi resurslarga ehtiyot bo‘lish, shaxsiy gigiyenani unutmaslik kerak.

Suyuqlik rejimini tiklash

Kun davomida kerakli miqdorda suyuqlik ichish organizm uchun juda muhim. Suv va immunitetning o‘zaro aloqasi mavjud. Tananing 70-80 foizi suvdan iborat va agar u yetarlicha qabul qilinmasa, qonning quyuqlashishi, hujayralararo suyuqlikning kamayishi kuzatiladi.

Qon tanada tashuvchi vazifasini bajaradi. U kislorod, oziq moddalar va hujayralar hayoti uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni yetkazib beradi. Agar qon quyuq bo‘lsa, unda jarayon buziladi va natijada tanada himoya qilish tezligi, ya’ni immunitet pasayadi.

Agar ushbu oddiy harakatlar odat tusiga kirsa va immunitetni doimo saqlab turish uchun sifatli vitamin komplekslarini qabul qilish boshlansa, virusga “tutilish” xavfi ancha kamayadi.



Manba
Ctrl
Enter
Xato topdAngizmi?
belgilab ushbu tugmalarni bosing Ctrl+Enter
Biz

Izoh qoldirish

Eng kamida 50 tadan oshiq belgi yozish kerak. Izohlar moderator tekshiruvidan o'tadi.
Hozircha izoh yo'q. Siz birinchi bo'lishingiz mumkin.